«Mikrokreditbank» ATB Chiroqchi filiali raxbari: Islomov V.B. ______
(ismi-sharifi) (imzo) (muhr o‘rni)
10. Korxona moliyaviy strategiyasi va o'rta muddatli rivojlanish istiqbollari Respublikamizda soʻnggi yillarda bank tizimini rivojlantirish, ayniqsa, sohaga zamonaviy IT-texnologiyalarni keng joriy etish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish qaratilgan konstruktiv choralar koʻrilmoqda. Bu boradagi jarayonlar joriy yildan boshlab yana-da tezlashtirildi. Bu bejiz emas. Zero, davlatimiz rahbari Oliy Majlisga Murojaatnomasida taʼkidlab oʻtganidek, "Afsuski, bank tizimi raqamli texnologiyalarni qoʻllash, yangi bank mahsulotlarini joriy etish va dasturiy taʼminotlar boʻyicha zamon talablaridan 10-15 yil orqada qolmoqda. 2020-yildan boshlab har bir bankda keng koʻlamli transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. Bu borada banklarimizning kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirish alohida eʼtiborimiz markazida boʻladi".
Xususan, oʻtayotgan yilda bank tizimida tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlaydigan “loyihalar fabrikasi” faoliyatini yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratilyapti. Oʻz navbatida banklarning xalqaro moliya bozorlariga chiqib, arzon va uzoq muddatli resurslar olib kelishi yoʻlida, masalan, Milliy bank va Ipoteka bank oʻz yevrobondlarini chiqarish ustida ish olib bormoqda. Zero, davlatimiz rahbari aytib oʻtganidek, “Bank sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi – tijorat banklarini mijoz uchun ishlashga oʻrgatishdan iborat”. Bu yoʻlda banklarda axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish orqali ularning dasturiy taʼminotini tubdan yangilash, “kredit tarixi” axborot tizimini toʻliq ishga tushirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilanib, izchil amalga oshirilyapti. Ayniqsa, bugungi pandemiya sharoitida banklarning masofaviy xizmat koʻrsatish sifati va tezkorligi har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etyapti. Quvonarlisi, koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida yurtimizda pensiya taʼminotini masofadan turib amalga oshirish jarayonlarini amalga oshirishda ijobiy natijalarga erishilmoqda. Xususan, bu borada pensionerlarga plastik kartochkalar ochib berish boʻyicha sezilarli ishlar olib borilyapti.
Mobayl banking –– bu jismoniy shaxslar uchun masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi - bu, mobil telefon yoki internet orqali istalgan joydan o‘z hisob raqamini boshqarish va nazorat qilish imkonini beruvchi tizimdir.
Tizim quyidagi imkoniyatlarga ega:
Uyali aloqa operatorlari va shahar telefoni xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
Internet provayderlar va raqamli televideniyelar xizmatlari uchun to‘lovlar;
Kommunal to‘lovlarini (elektr energiya) amalga oshirish;
Iste’mol tovarlari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bir marotabalik to‘lovlarni amalga oshirish va boshqa to‘lovlar;
Iste’mol va ipoteka kreditlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
Hisobraqamlar holatini ko‘rish va to‘ldirish;
Omonat qoldiqlari va unga hisoblanayotgan foizlar bo‘yicha ma’lumotlar olish;
Onlayn Smart Visa plastik karta qoldiqlari va uning aylanmalari bo‘yicha ma’lumotlar olish;
Byudjetga to'lovlar;
Mablag'ni kartadan kartaga kontaktsiz o'tkazish;
Onlayn konversiya;
Onlayn omonat rasmiylashtirish;
Visa hamda Union Pay kartalarini bog'lash va hisobraqamlar holatini ko‘rish;
YHXDB jarimalarini to'lash;
FXDYo xizmatlari uchun to'lovlar;
Notarius xizmatlari uchun to'lovlar.
Garant – bank depozit yacheykasidan foydalangan holda ko'char va ko'chmas mulk bilan bog'liq xaridor va sotuvchi o'rtasida ishonchli hisob-kitob xizmati.
Depozit yacheykar joylashgan xona eng zamonaviy xavfsizlik va yong'indan himoya qilish tizimlari bilan jihozlangan va bank xavfsizligi xizmati tomonidan doimo nazorat qilinadi, bu esa deposit yacheykalarda qimmat baho narsalarni yoki hujjatlarni maksimal xavfsizligini ta'minlaydi.
Garant xizmati uchun kamida 1 oyga shantnoma tuziladi, chunki bu ko'chmas mulk bilan bog'liq oldi-sotdi amaliyotlar uchun eng qulay vaqt hisoblanadi.
Bank mijozlarga hisob-kassa xizmati ko’rsatish sohasida faol ish olib borib, mijozlar bazasining kengayishiga, Bankda hisob raqamiga ega bo’lgan korxonalar va kompaniyalarga bank mahsulotlarining keng va sifatli ro’yxatini taklif etishga jiddiy e’tibor beradi.
«Mikrokreditbank» AТB yuridik shaxslarga ham, shuningdek shaxsiy tadbirkorlarga so’mlarda va xorijiy valyutada hisob-kitob kassa xizmatlarini ko’rsatadi.
Hisob-kassa xizmati ko’rsati bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar:
So’mda va xorijiy valyutada hisob raqamlarini ochish va ularni yuritish;
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Xalqaro to’lovlarni amalga oshirish;
Naqd pul mablag’lari bilan operatsiyalar o’tkazish;
Akkreditivlar bilan operatsiyalar;
Konversion operatsiyalar;
Hujjatli operatsiyalar;
«Internet Banking» va «SMS banking» tizimi orqali hisobni boshqarish imkoniyati;
Boshqa xizmatlar.
Yuridik shaxslar uchun ish haqi loyihasi xizmati:
Tashkilot uchun:
Naqd pul aylanishi kamayishi sababli kassa amaliyotlari keskin kamayadi;
Ta’til davrida yoki xizmat safarida bo’lishidan qat’iy nazar ish haqi barcha xodimlarga o’z vaqtida va bir hil o’tkazib berilishi;
Inkassatsiya harajatlaring kamayishi;
Buxgalteriya hisobining soddalashishi;
Ish haqini olish bilan bog’liq bo’lgan vaqtning tejalishi;
To’lov hujjatlarining xavfsizligi, nazorati hamda ish haqini berish va hisob kitob qilish maxfiyligi oshadi.
Xodim uchun:
Ish haqini o’z vaqtida olish;
Tovar va xizmatlarni naqd pulsiz sotib olish imkoniyati;
Pul mablag’larining xavfsizligi va maxfiyligi;
SMS-habarnoma xizmati orqali to’lov va amaliyotlarni nazorat qilish.
Ish haqi loyihasi bo'yicha plastik kartochkalarni rasmiylashtirish:
Aloqa xati;
Ishchi – xodimlarning tasdiqlangan ro’yxati;
Ishchi xizmatchilarining har biridan karta hisob raqami ochish bo'yicha ariza va har biridan bank plastik kartochkasidan foydalanish bo'yicha shartnoma hamda ularning pasport nusxalari;
Bank bilan ish haqi loyihasini amalga oshiruvchi tashkilot bilan ushbu loyiha shartlari bo'yicha shartnoma.
Ish haqi loyixasi bo'yicha plastik kartochkalar uchun bank xizmat haqi:
Plastik kartochkani emissiya qilish – bepul;
Ish haqini plastik kartaga o'tkazish (byudjet tashkilotlari, nafaqa va stipendiya pullaridan tashqari) - shartnomaga asosan.