Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o‘zgartirishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri – ma’muriy-buyruqbozlik yoki boshqatizimnibartarafetibyokitubdano‘zgartirib,bozortiziminingasoslarinishakllantirishjarayonlariamalgaoshiriluvchitarixiydavrdir. 1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to‘g‘risidagi nazariyalarni qaytadan ko‘rib chiqish va ularga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo‘ydi. Chunki, bu vaqtga kelib g‘arb mamlakatlarida uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan
erkin iqtisodiy tartibga solish, ya’ni iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartibga solish g‘oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish g‘oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyotning sifat jihatdan yangi yo‘llarini qidirib topish zarur bo‘lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo‘li – ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo‘lni tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari (modellari) xilma-xil bo‘lib, ularning umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi.
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha yo‘llari umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy turga bo‘linadi:
rivojlangan mamlakatlar yo‘li;
rivojlanayotgan mamlakatlar yo‘li;
sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘li.
Bu yo‘llar turli tuman va har xil bo‘lishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, bu yo‘llarning hammasi bozor iqtisodiyotiga o‘tishni maqsad qilib qo‘yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun- qoidalari, amal qilish mexanizmi ko‘p jihatdan umumiy bo‘ladi. Shu bilan birga har bir yo‘lning o‘ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo‘lishidan kelib chiqadi. Masalan, bozor munosabatlariga o‘tishning rivojlangan mamlakatlar yo‘lida oddiy tovar xo‘jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o‘tiladi.
Mustamlakachilikdan ozod bo‘lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lining xususiyati – bu qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishdir. Nihoyat, sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘lining muhim belgisi markazlashtirilgan, ma’muriy- buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o‘tishdan iboratdir. Bu yo‘lning boshqa yo‘llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo‘q, ular batamom bir-biriga
zid. Shu bilan birga ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlarning o‘zi o‘tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi.
Hozirda uzoq davr mobaynida ijtimoiy xo‘jalikni ma’muriy buyruqbozlik prinsiplari asosida yuritib kelgan, keyinchalik ularga bozor mexanizmlarini uyg‘unlashtirish orqali o‘ziga xos o‘tish yo‘lini yaratgan mamlakatlar tajribasini ham alohida ko‘rsatish mumkin. Jumladan, Xitoy, Vetnam kabi ilgari faqat ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar bugungi kunda tub islohotlar orqali samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Bularning barchasi bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llarining o‘ziga xos xususiyatlaridir.
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyusion yo‘l bilan, ya’ni jadal usulda yoki evolyusionyo‘l bilan, ya’ni bosqichma-bosqich o‘tish mumkin. Birinchi holda, tub islohotlarni o‘tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarni birdaniga va batamom sindirish ya’ni, to‘ntarish yasash talab etilib, «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb nom oldi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, larzalarsiz, shikastsiz samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mumkin. Islohotlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, evolyusion yo‘l kamroq ijtimoiy larzalarga olib keladi, ancha izchil va muqarrardir.
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llarigina emas, balki uning andozalari ham xilma-xildir. Eng avvalo, ular shunday bozor iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlarning milliy xususiyatlari va an’analari bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor iqtisodiyotining ma’lum andozalari ularni amalga oshiruvchi muayyan mamlakatga mansubligiga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va hokazo1.
1 Karimov I.A. O‘zbеkiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li. T.: O‘zbеkiston, 1993, 23-bеt.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o‘tishning zarurligi iqtisodiy o‘sish ekstensiv omillaridan foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notovar iqtisodiyotning amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita muhim kamchilikka ega:
uning moslashuvchan emasligi, ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga juda sekinlik bilan moslashib borishi;
mehnatkashlarda moddiy qiziqish va xo‘jalik yuritish tashabbuskorligining yo‘qligi oqibatida samaradorlikning o‘ta darajada pasayib ketganligi.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish ko‘plab mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur institutsional (eng avvalo, mulkchilik munosabatlarida) tub o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o‘zida moliyaviy barqarorlashtirish chora- tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimini o‘zgartirish mazkur tizim asosining o‘zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi o‘zgarishlarni tizimiyislohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: