O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish – bu xo‘jalik hayotining



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə108/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish – bu xo‘jalik hayotining barcha sohalaridagi to‘siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor qilish;

  • resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish;

  • narxlarning asosan, talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o‘tish;

  • ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish.

  1. Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish.

Bu yo‘nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi:

  • barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi;

  • bozorga xorijiy raqobatchilarning ham kirishi uchun imkon berilishi;

  • kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma’muriy to‘siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo‘llab-quvvatlash va tarmoqqa kirishidagi to‘siqlarni pasaytirish;

  • tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyosatini tartibga solish va boshqalar.

  1. Institutsional o‘zgarishlar. Mazkur o‘zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab oladi:

  • mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish;

  • bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investitsiya fondlari va h.k.) shakllantirish;

  • iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish;

  • bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo‘jalik qonunchiligini qabul qilish va boshqalar.


  1. Yüklə 11,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin