O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə111/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida eng avvalo, quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo‘yilgan:

  • totalitar tizimning og‘ir oqibatlarini engish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish;

  • Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish.

Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning quyidagi muhim yo‘nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi:

  • o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy- huquqiy negizini mustahkamlash;

  • mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;

  • ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash.

Respublikada bozor munosabatlariga o‘tishning birinchi bosqichida iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o‘zgarishlar uning o‘z taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o‘ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi. Shu bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo‘nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.
Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, bozor munosabatlarini to‘liq joriy qilish maqsad qilib qo‘yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib I.A.Karimov mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan quyidagi bir qator vazifalarni ko‘rsatib berdi:

  • davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish;

  • ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash;

  • milliy valyuta – so‘mni yanada mustahkamlash;

  • iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xomashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish1.

O‘tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko‘rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo‘l davom ettirildi.
Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi:

  • iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;

  • xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida amalda mulkdorlar sinfini shakllantirish;

  • mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo‘naltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o‘rin egallashiga erishish;

  • mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko‘lamda integratsiyalashuvini ta’minlash;

1 Karimov I.A. O‘zbеkiston buyuk kеlajak sari. T.: O‘zbеkiston, 1998. 332-333-bеtlar.

  • iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish.

Mashhur besh tamoyilga – asoslangan o‘zbek modeli bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish strategiyasi sifatida barcha amaliy ishlarimizning mustahkam poydevori, taraqqiyotimizning asosiy yo‘nalishiga aylandi.
Shu narsani aytish mumkinki, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan bu model bozor iqtisodiyoti nazariyalarini yanada boyitdi, o‘tish davrini boshidan kechirayotgan davlatlar uchun yana bir namunaga aylandi.
2017 yildan keyingi davrda amalga oshirilayotgan islohotlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos xususiyatlariga tayangan holda bir qator ishlar amalga oshirilayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu borada bajarilayotgan vazifalarning belgilab berilishida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan taklif etilgan hamda xalq referendumi orqali ma’qullangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi”ni keltirishimiz mumkin.
Ushbu strategiyaning mazmun-mohiyatiga ko‘ra, 2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini quyidagicha belgilab berildi.

  • davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish;

  • qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;

  • iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;

  • ijtimoiy sohani rivojlantirish;

  • xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.


    1. Yüklə 11,04 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin