Bozorni qamrab olish darajasiga ko‘ra: sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya.
Sofmonopoliya–tarmoqdagiyagonaishlabchiqaruvchiyokisotuvchiningnarxvaishlabchiqarishhajminibelgilashdagiyakkahukmronlikholatihisoblanadi. O‘zbekistonda sof monopoliyalar sifatida
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AK, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi kabilarni misol keltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o‘z tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi va xizmat ko‘rsatuvchisi hisoblanadilar. Shuningdek, ba’zi hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko‘payib borishi monopolistik raqobat holatining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida faqat uglevodorod xomashyosi, qimmatbaho va rangli metallar, uran xomashyosini qazib oladigan va qayta ishlaydigan korxonalarni, shuningdek, tabiiy monopoliyalarning strategik infratuzilma tarmoqlarini — temir va avtomobil yo‘llari, aviatashuvlar, elektr energiya ishlab chiqarish, elektr va kommunal tarmoqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat boshqaruvida saqlab qolish maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda.
Oligopoliya–tarmoqdagibirnechayirikishlabchiqaruvchiyokisotuvchiningnarxvaishlabchiqarishhajminibelgilashdagihukmronlikholatihisoblanadi. Oligopolist ishlab chiqaruvchilarga O‘zbekistonda sement (asosan Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko‘mir
(Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg‘un) va Boysun (To‘da) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin.
Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni judako‘p bo‘lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridorimavjudbo‘lgansharoitdagiyakkahukmronlikholatihisoblanadi. Misol tariqasida dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan etishtirilayotgan paxta tolasi va ularni shartnoma asosida “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi tarkibida paxta xomashyosini qabul qilish va qayta ishlashni tashkil qilish bo‘yicha “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallariga sotishini keltirishimiz mumkin. Bunda paxta etishtiruvchilar tarmoqda cheksiz va ular tomonidan etishtirilgan paxta xom-ashyosini faqatgina “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatiga sotishadi.