Tarmoqichidagiraqobat – ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo‘lish, yuqori foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o‘rtasida boruvchi kurash.
Tarmoqlararo raqobat – turli tarmoqlar o‘rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurash.
G‘irromraqobat – raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy (ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro‘siga putur yetkazish va h.k.) usullaridan foydalanish.
Halol raqobat– jamiyat tomonidan tan olingan iqtisodiy usullarni qo‘llash, o‘zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo‘llamaslik kabi qoidalarga asoslangan raqobat kurashi.
Narxvositasidaraqobatlashuv – ishlab chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi asosidagi kurash.
Narxsiz raqobatlashuv– asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblangan kurash.
Monopoliya – monopol yuqori narxlarni o‘rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.
Ishlab chiqarishning to‘planishi– ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to‘planishi.
Kapitalningto‘planishi – qo‘shimcha qiymatning bir qismini jamg‘arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishi.
Kapitalning markazlashuvi– bir kapital tomonidan boshqa birining qo‘shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aksiyadorlik jamiyati va boshqa shakllarda ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o‘sishi.
Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi va binobarin, foyda olishdagi yakkahukmronlik holati.