O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə158/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Raqobatning turli ko‘rinishlari sharoitida narxning shakllanishi

Narxning shakllanishiga bozorning holati bevosita ta’sir ko‘rsatadi, chunki narxning shakllanishida bozordagi talab va taklif nisbati asosiy omillardan biri hisoblanadi. Talab va taklif miqdoriga ta’sir ko‘rsata olish imkoniyatiga ko‘ra, bozordagi raqobatning turli ko‘rinishlari farqlanadi. Mukammal raqobat sharoitida ishlab chiqaruvchi (yoki sotuvchi) hamda iste’molchi (yoki xaridor)larning soni juda ko‘p bo‘lib, ularning ishlab chiqarish hajmini o‘zgartirish orqali narx shakllanishiga ta’siri umuman sezilmaydi. Nomukammal raqobat sharoitida esa ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) yoki iste’molchilar (xaridorlar)dan birining soni cheklangan bo‘lishi ularning bozordagi ishlab chiqarish hajmiga va, pirovardida, bozordagi narxning shakllanishiga sun’iy ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Bunday raqobatning turli darajalarida narxlarning shakllanish xususiyatlari bir-biridan farq qiladi. Shu sababli, biz quyida mukammal raqobat, sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya sharoitida narxlarning shakllanish xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.


Mukammal raqobat sharoitida narxning shakllanishi. Erkin raqobat kurashi sharoitida narxning tashkil topish xususiyatlarini tadqiq etgan dastlabki iqtisodchilardan biri A.Marshall hisoblanadi. Uning fikricha, tovarning oldi-sotdi jarayoniga qadar ikki xil, ya’ni sotuvchi va xaridor narxlari mavjud bo‘ladi. Nazariy jihatdan har ikki narxning yuqori va quyi darajalari mavjud. Sotuvchi o‘z tovari narxining imkon qadar yuqori bo‘lishidan manfaatdor, chunki bunday narx uning foydasi hajmini oshiradi. Biroq, erkin raqobat sharoitida narxni boshqalardan yuqori darajada belgilashga intilish mazkur sotuvchining bozordan siqib chiqarilishiga olib kelishi mumkin. Sotuvchi narxining eng past darajasi shu tovarni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarni qoplashi kerak. Xaridor tovarni eng past narxda sotib olishdan manfaatdor, biroq erkin raqobatli bozor sharoitida uning ham tovar sotib ololmay qolish xavfi mavjud bo‘ladi. Xaridor narxining
yuqori darajasi esa, Marshall ta’biricha, so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligiga teng bo‘lishi kerak.
Sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi qulay narxga erishish borasidagi kurash har ikki narxning mosligi ta’minlangunga, ya’ni bozor narxi paydo bo‘lgunga qadar davom etadi. Shunday qilib, sotuvchining narxi tomonidan ishlab chiqarish xarajatlari, xaridor narxi tomonidan esa so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligi maydonga tushib, ularning nisbati asosida bozor narxi paydo bo‘ladi. Bu holatni Marshall shunday ifodalaydi: «…«ishlab chiqarish xarajatlari» prinsipi hamda
«so‘nggi qo‘shilgan naflilik» prinsipi, shubhasiz, yagona talab va taklif umumiy qonunining tarkibiy qismi hisoblanib, ulardan har birini qaychining bitta kesuvchi tomoniga qiyoslash mumkin»1. Shu o‘rinda, 4-bobda bildirilgan fikr-mulohazalarni yana bir bor esga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ya’ni, mukammal raqobatli bozor sharoitida narxning shakllanishida talab va taklifning ta’sirida A.Marshall ta’kidlaganidek, so‘nggi qo‘shilgan naflilik va ishlab chiqarish xarajatlari emas, balki ijtimoiy zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari yotadi.
Talab va taklifning muvozanati mukammal raqobat bozoridagi narxning shakllanishiga muvofiq keladi (9.3-rasm).



Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin