Iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlaridagi ishlab chiqarish va sotish sharoitlarining xilma-xilligi hamda bozor munosabatlarining rivojlanishi darajasidagi farqlar narx turlarini farqlash zaruratini tug‘diradi. Iqtisodiyotdaamal qilib turgan barcha narx turlari narx tizimini tashkil qiladi. Narxlar tizimida ularning ayrim turlarining iqtisodiy mazmunini qisqacha qarab chiqamiz.
Ulgurjinarx–ishlabchiqaruvchilartomonidankattamiqdordagitovarlar bir yo‘la ko‘tarasiga sotilganda qo‘llaniladigan narx. Ulgurji narx ishlab chiqaruvchilar va ta’minlash-sotish tashkilotlari xarajatlarini qoplashi hamda ularning ma’lum miqdorda foyda ko‘rishini ta’minlashi zarur. Ulgurji narx tovar birjalari va savdo uylarida ham qo‘llaniladi.
Shartnoma narx – sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan,ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx. Shartnoma narx odatda shartnoma bitimi amal qilib turgan davrda o‘zgarmaydi. Mazkur narx ham milliy, ham xalqaro bozorlarda qo‘llaniladi. U xalqaro bozorda qo‘llanilganda tovar (xizmat)larning jahon narxlariga yaqin turadi.
Chakananarx–tovarlarbevositaiste’molchilargasotiladigannarx. Chakana narxga tovarning ulgurji narxi, chakana savdo tashkilotlarining xarajatlari va ularning oladigan foydasi kiradi. Chakana narx tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni bog‘lovchi rolini o‘ynaydi hamda ularning nisbatiga qarab yuqori yoki past bo‘lishi mumkin.
Davlatning narxlarni tartibga solish faoliyati chegaralangan (limitlangan) va dotatsiyalangan narxlarni vujudga keltiradi. Chegaralangannarx–davlattomonidanyuqorivaquyichegaralaribelgilanib,shudoiradao‘zgarishimumkin bo‘lgan narx. Bunday narx yordamida davlat inflyatsiyani jilovlaydi, narx darajasini nazorat qiladi. Dotatsiyalangan narx – davlat budjeti hisobidanmaxsus arzonlashtirilgan narx. Bunday narxdan kam daromadli oilalar, beva- bechoralar, ishsiz va nogironlarni hayotiy zarur ne’matlar bilan eng kam darajada ta’minlab turishda foydalaniladi.