Takrorlashuchunsavollarvatopshiriqlar Raqobatning mohiyati va maqsadini tushuntirib bering.
Raqobatning asosiy vazifalari nimalardan iborat? Bu vazifalarning bir- biridan farqini ajratib ko‘rsating.
Raqobat shakllariga tushuncha bering va ularning har biriga xos belgilarini ko‘rsating.
Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatning farqini tushuntirib bering.
Halol va g‘irrom raqobatlashuv usullariga nimalar kiradi?
Raqobatlashuvning demping narxlarni qo‘llash usuli qanday sharoitlarda amalga oshiriladi?
Monopoliya nima va uning vujudga kelishining iqtisodiy asoslari nimalardan iborat? Monopoliyaning qanday turlari mavjud?
Kapitalning to‘planishi va markazlashuvi o‘rtasida qanday farq bor?
Tabiiy, legal va sun’iy monopoliyalarning bir-biridan farqlanishini ko‘rsating.
Monopoliyaning ijobiy va salbiy tomonlari nimalarda namoyon bo‘ladi?
Monopoliyaga qarshi siyosat va monopoliyaga qarshi qonunchilikning mohiyati qanday?
Raqobat muhitining shakllanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
O‘zbekistonda raqobatni qo‘llab-quvvatlovchi va monopoliyaga qarshi kurashuvchi qanday tashkilotlar mavjud?
bob.NARXNINGMOHIYATI VASHAKLLANISHXUSUSIYATLARI
Narx bevosita tovarning qiymati va nafliligi bilan bog‘liq bo‘lsada, o‘zi mustaqil amal qiladigan iqtisodiy kategoriya hisoblanib, bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biridir. U o‘zining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining ta’minlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlari bo‘yicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirib, sog‘lom raqobat muhitining yaratilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Davlat tomonidan 37 turdagi mahsulot va xizmatlar narxining tartibga solinayotgani erkin raqobatga salbiy ta’sir qilmoqda. Shuni hisobga olib, endi asosiy e’tiborni narxlarni belgilashga emas, balki korxonalar o‘rtasida sog‘lom raqobatni ta’minlash orqali narxlarni pasaytirishga va sifatni oshirishga qaratishimiz kerak”1.
Ushbu bobda narxning iqtisodiy mazmuni va vazifalari, shakllanish tamoyillari, narx darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, narx turlari batafsil bayon etiladi. Shuningdek, turli darajadagi raqobat sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari, davlatning narx siyosati va uning O‘zbekistondagi o‘ziga xos jihatlari ham ko‘rib chiqiladi.