Narxning iqtisodiy mazmuni uning vazifalari ko‘rib chiqilganda yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
Muvozanatliknita’minlashvazifasi. Bunda narx bozorda talab va taklifning hajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi. Bozor narxi – bu muvozanatlashgan narx bo‘lib, u birinchidan, tovarlarningsotilishinita’minlaydi,ikkinchidan,bozordatovarlartaqchilliginiyuzagakeltirmaydi.
Qiymatvanafliliknio‘lchashvazifasi. Narx qiymat va naflilikning puldagi ifodasi deb aytamiz, chunki qilingan sarf-xarajatlar va olingan natijalar (foyda yoki zarar) narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish va uning natijalarining natural ko‘rsatkichlari ham mavjud (tonna, kg, m2, kvt-soat va hokazo). Bu ko‘rsatkichlarni shu holicha taqqoslab, umumiy ko‘rsatkichga keltirib bo‘lmaydi. Barcha natural ko‘rsatkichlarning umumiy o‘lchovi ularning pulda ifodalangan narxidir. Hisob-kitob uchun joriy va qiyosiy narxlar qo‘llaniladi. Joriynarxlaramaldaginarxlarbo‘lib,ularyordamidayildavomidagiishlabchiqarishnatijalarihisoblanadi.Qiyosiynarxlardama’lumyil(bazisyil)asos
qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqayillar bilan taqqoslanadi. Yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va shu kabi ko‘rsatkichlar dinamikasi qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Chunki joriy narxlar inflyatsiya va boshqa omillar tufayli o‘zgarishi va real iqtisodiy natijani ko‘rsatmasligi mumkin.