Tartibgasolishvazifasi. Bozor holati (kon’yunkturasi) talab va taklif hamda ularning nisbatiga bog‘liq. Talabning ortishi muayyan tovarni ishlab chiqarishni kengaytirishni, aksincha holatda esa tovar ortiqchaligini, uni ishlab chiqarishni qisqartirish zarurligini bildiradi. Narx tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga ularning daromadlari orqali ta’sir ko‘rsatadi. Muayyan tovarning bir- biriga ishlab chiqarish xarajatlari miqdori o‘zgarmagan holda narx yuqori bo‘lsa, foyda miqdori ortadi, narx tushsa, foyda kamayadi va hatto ishlab chiqaruvchilar zarar ko‘rishi ham mumkin. Bu ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Narx oshsa, ishlab chiqarish kengayadi. Boshqa kapitallar ham foyda yuqori bo‘lgan soha va tarmoqlarga oqib kela boshlaydi. Xullas, narx ishlab chiqarishni tartibga solib, uni o‘zgartirib turadi va rivojini ta’minlaydi.
Raqobat vositasi vazifasi.Narx raqobat kurashining eng muhim vositasi hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘z raqiblarini engish uchun narxni pasaytirish usulidan foydalanishlari mumkin. Demak, narxni o‘zgartirib turish usuli raqobatda keng qo‘llaniladi.
Ijtimoiyhimoyavazifasi. Narx aholining kam daromad oluvchi ayrim qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish vazifasini ham bajaradi. Narxning bu vazifasi tovar (xizmat)lar ijtimoiy dotatsiyalangan narxlar bo‘yicha sotilganda bajariladi. Bunda ular davlat budjeti va turli xayriya mablag‘lari hisobiga moliyaviy ta’minlanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bosqichida ijtimoiy himoya vazifasini o‘tovchi narxlar, aholining keng qatlamlarini hayotiy zarur iste’molchilik tovarlari bilan minimal darajada ta’minlash maqsadida ham qo‘llaniladi. Masalan, bizning respublikamizda 1991 yildan 1995 yilgacha un va un mahsulotlari, qand-shakar, go‘sht, o‘simlik moyi, choy, sovun kabi mahsulotlar dotatsiyalangan narxlarda,
cheklangan miqdorda sotildi. Ularning dotatsiyalangan va haqiqiy narxlari o‘rtasidagi farq budjet mablag‘lari hisobiga qoplab borildi. Shunday qilib, narx bozor munosabatlarining vositasi sifatida bir-biri bilan uzviy bog‘langan muhim vazifalarni bajaradi.
Narxning mazmunini to‘laroq tushunishda, uning darajasiga ta’sir etuvchiomillarni bilish muhim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari bo‘lib, qiymat yoki ishlab chiqarish sarflari; tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif nisbati; raqobat holati; davlatning iqtisodiy siyosati va h.k. hisoblanadi. Bu omillar ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos bo‘lib xizmat qiladi (9.3-rasm).
Davlatning iqtisodiy siyosati
Tovar yoki xizmatning nafliligi
NARX
Tovar ishlab chiqarishning ijtimoiy zaruriy sarflari (qiymat)
Boshqa omillar esa narxning ijtimoiy qiymat bilan ijtimoiy naflilik miqdori atrofida goh birinchisining, goh ikkinchisining foydasiga tebranishiga sabab bo‘ladi. Masalan, talab va taklif nisbatini olaylik. Agar tovarlarning ayrim turiga talab taklifga nisbatan baland bo‘lsa, ijtimoiy qiymat o‘zgarmagan holda narxning darajasi nisbatan yuqori bo‘ladi, yoki aksincha taklif talabga nisbatan ko‘proq bo‘lsa, ijtimoiy qiymat o‘zgarmagan holda narxning darajasi unga nisbatan past bo‘ladi.
Pulning qadr-qimmati
Talab va taklif nisbatlari
Raqobat kurashlari
Turli xil soliqlar
9.3-rasm. Narx darajasiga ta’sir qiluvchi omillar
Hozirgi davrda iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha chop etilayotgan ko‘plab darslik va o‘quv qo‘llanmalarda narx darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar qatorida pulning qadr-qimmati e’tibordan chetda qolmoqda. Holbuki, pulning qadr-qimmatining
o‘zgarishi ham narx darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu, ayniqsa, milliy valyutani
chet el valyutalariga ayirboshlash nisbatining o‘zgarishi orqali yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Masalan, 1 AQSh dollari 1300 so‘mga teng bo‘lgan chog‘da 10 dollar turuvchi qandaydir tovarning narxi 13000 so‘m bo‘ladi. Agar so‘mning qadri oshib, 1 dollar 1000 so‘mga tenglashsa, u holda shu tovarning narxi 13000 so‘m emas, balki 10000 so‘m bo‘ladi. Narx darajasiga boshqa omillarning ta’siri masalasiga alohida to‘xtalmasa ham bo‘ladi. Chunki soliq miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, narx darajasi shuncha yuqori bo‘lishi hammaga ayondir.