O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə159/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

9.3-rasm. Mukammal raqobatli bozor sharoitida narxning shakllanishi
Rasmdan ko‘rinadiki, faqat narxning RE darajasidagi talab miqdoriga ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif miqdori muvofiq keladi. Narxning bu darajadan




1 Маршалл А. Принципы экономической науки. В 3 т. М.: Издательство “Прогресс”, 1993. Т.III. С.282.
har qanday pasayishi talabning taklifdan oshib ketishini, narxning bu darajadan har qanday yuqori bo‘lishi esa, taklifning talabdan oshib ketishini keltirib chiqaradi.
Narxning RA darajasidagi holat uzoq vaqt mavjud bo‘la olmaydi. Chunki, tovarlarning sotilmay, to‘planib qolishi bilan sotuvchilar o‘rtasidagi raqobat kuchayib, ular o‘z tovarlarini tezroq sotish maqsadida narxni tushira boshlaydilar.
Narxning RV darajasidagi holat ham barqaror turmaydi. Chunki, bu holatda talab taklifdan oshib ketib, tovarlar taqchilligi boshlanadi. Taqchil tovarga ega bo‘lish uchun bir-biri bilan raqobatga kirishgan xaridorlar uning narxini oshira boshlaydilar.
Bozordagi yagona muvozanatlashgan, nisbatan uzoq vaqt barqaror amal qiluvchi narx sifatida talab hajmi taklif hajmiga muvofiq kelgan holdagi narx RE maydonga tushadi. Raqobatlashuv asosida paydo bo‘lgan muvozanat doimo talab va taklif egri chiziqlarining kesishuv nuqtasida joylashadi. Muvozanat narxi har doim ham darhol, bir zumda tarkib topmaydi. Unga erishishda toki talab va taklif muvozanatga kelgunga qadar narx atrofidagi tebranishlarni o‘z ichiga oluvchi ma’lum davrlar taqozo etilishi mumkin.
Monopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Monopoliya sharoitida narx shakllanishining o‘ziga xos jihati shundaki, agar mayda tovar ishlab chiqaruvchilar faqat o‘zlarining individual narxlarini o‘zgartira olsalar, ulardan farqli o‘laroq bozor ishtirokchilari sifatidagi monopoliyalar bozor narxlarini o‘zlari belgilay oladilar. Bunda monopoliyalar ommaviy talabning oshishi bilan narxning oshishi hamda ommaviy taklifning oshishi bilan narxning pasayib borishidan o‘ziga xos tarzda foydalanadilar. Ommaviy tartibda tovarlarni sotuvchi monopoliyalar o‘z manfaatlari yo‘lida taklif kam bo‘lganda narxning oshishi tendensiyasidan foydalanadilar.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin