Bozor narxi – bir tomondan, tovarlarning sotilishini ta’minlovchi, boshqa tomondan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga keltirmaydigan muvozanatlashgan narx.
Joriynarx – yil davomidagi ishlab chiqarish natijalarini hisoblashda qo‘llaniluvchi amaldagi narx.
Qiyosiy narx– ishlab chiqarishning natijalari ma’lum yil (bazis yil) asosida hisoblanuvchi va boshqa yillar bilan taqqoslanuvchi narx.
Narxtizimi – iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari.
Ulgurji narx – ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta partiyadagi tovarlar bir yo‘la ko‘tarasiga sotilganda qo‘llaniladigan narx.
Shartnoma narx – sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx.
Chakananarx – tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladigan narx.
Chegaralangan narx – davlat tomonidan yuqori va quyi chegaralari belgilanib, shu doirada o‘zgarishi mumkin bo‘lgan narx.
Dotatsiyalangannarx – davlat budjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narx.
Dempingnarx – bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx.
Nufuzli narx– sotish hajmini o‘zgartirmasdan, yuqori foyda olishga erishish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan narx.
Erkinbozornarxi – talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor narxi.
Narxdiapazoni – narxlar oralig‘ining puldagi ifodasi.
Hududiynarx – faqat ma’lum hududiy bozorga xos bo‘lib, shu hudud doirasidagi omillar ta’sirida hosil bo‘ladigan narx.
Milliybozornarxi – bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks ettiruvchi narx.
Jahonbozorinarxi – muayyan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan baynalminal xarajatlarni, tovarning jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladigan narx.