O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə174/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Marketing bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning muhim yo‘nalishi bo‘lib, uning negizida bozor talablari, xaridorlarning tovar va xizmatlarga real talablari va ehtiyojlarini o‘rganib, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish sifatini va hajmini unga mos rivojlantirish yotadi.
Marketingning zamonaviy konsepsiyasi bozor uchun zarur bo‘lgan va bozorda sotish mumkin bo‘lgan tovarlarni zarur hajmda ishlab chiqarishni tashkil etishga yo‘llash tamoyiliga asoslanadi. Korxonaning ishlab chiqarish-texnikaviy, tashkiliy, investitsiya va boshqa faoliyati iste’molchining ehtiyojlariga, ularning yaqin istiqboldagi o‘zgarishiga yo‘naltiriladi. Xaridorlarning talablari tovar ishlab chiqarish hajmi va nomenklaturasini, mazkur talab va ehtiyojlarni qondirish asosida eng ko‘p foyda olishni ta’minlash yo‘llarini belgilab beradi.
Bu maqsadga marketingning quyidagi vazifalari orqali erishiladi: korxonaning ichki va tashqi marketing muhitini tahlil qilish; marketing chora- tadbirlarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor muammolarini kompleks
1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi ma'lumoti
o‘rganish; iste’molchilar va talabning shakllanishini tahlil qilish; raqobatchilar va raqobatni o‘rganish; sotishni jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish; yangi tovarning konsepsiyasini shakllantirish; marketing tadqiqotlari asosida tovar ishlab chiqarishni rejalashtirish; narx siyosatini shakllantirish va amalga oshirish; marketing dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; marketingni axborot bilan ta’minlash; marketingni boshqarish.
Menejment ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yuqori natijalarga erishish maqsadida qo‘llaniluvchi ishlab chiqarishni boshqarishning shakllari, vositalari, usullari va tamoyillarining majmui.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin