O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə170/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Tadbirkorlik faoliyati shakllari, ularni tashkil etish va boshqarishning bozor tizimi

Hozirgi davrda ishlab chiqarish vositalarining ijtimoiy, umumdavlat maqsadlarida foydalanadigan va nihoyat, jamoa, guruh, xususiy va shaxsiy maqsadlarda ishlatiladigan turlari mavjud. Shunga mos ravishda tadbirkorlikning turli-tuman: davlat, jamoa, xususiy, aralash va boshqa hosila shakllari rivojlanadi.


Turli mamlakatlarda davlat korxonalarining huquqiy maqomi turli-tumanligi bilan ancha farqlanadi. Hatto biron-bir mamlakatda barcha davlat korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi yagona qonuniy hujjat mavjud emas. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan sharoitlar asosida davlat korxonalarini uchta guruhga bo‘lish mumkin:

Budjet korxonalari – davlatning vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda faoliyat ko‘rsatuvchi hamda davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriluvchi xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘lmagan korxonalar. Ular o‘zlarining holati bo‘yicha davlatning ma’muriy-boshqarish tizimiga kiradi va biron-bir vazirlik, mahkama yoki mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga bevosita bo‘ysunadi yoki ularning tarkibiy qismi hisoblanadi. Barcha daromad va xarajatlari davlat budjeti orqali o‘tib, olingan foydasidan soliq to‘lamaydi.
Davlat ishlab chiqarish korxonalari – xo‘jalik faoliyati bilan birga davlat tomonidan belgilangan doirada boshqarish va tartibga solish vazifalarini ham bajaruvchi, alohidalashgan mol-mulkka ega bo‘lgan korxonalar. Bundan ko‘rinadiki, davlat ishlab chiqarish korxonalari yoki korporatsiyalari o‘zida tijorat korxonalari va davlat organlari belgilarini mujassamlashtirib, korxonalarning ancha keng tarqalgan tashkiliy, huquqiy shakli hisoblanadi.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin