Dividend (lotincha dividendus - bo‘lishga tegishli) – aksiya egalariga to‘lanadigan daromad. Dividend vositasida aksiya egasi qimmatli qog‘ozning shu turiga qo‘yilgan pul mablag‘lari (kapital) ning tegishli qismiga o‘zining mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqaradi. Dividend orqali faqat aksiyadorlik jamiyati olgan foydaning bir qismi taqsimlanadi. Uning boshqa qismi jamg‘arishga, soliq to‘lashga va shu kabilarga ketadi. Dividend miqdori olinadigan foyda va chiqarilgan aksiya miqdoriga bog‘liq va hamda odatda ssuda foizidan yuqori bo‘ladi.
Aksiyalarning nazorat paketi – aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlash imkonini beruvchi aksiyalar soni. Nazariy jihatdan olinganda, aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan nazorat olib borish uchun ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyalarning 51 foiziga egalik qilish zarur.
Amalda esa, aksiyalarning ko‘plab aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanib ketganligi u qadar yuqori salmoqqa ega bo‘lmagan aksiyalar sonini qo‘lga kiritish orqali ham nazorat paketiga egalik qilish imkonini beradi.
Aksiyadorlik jamiyatlari aksiya bilan birga obligatsiya ham chiqaradi.
Obligatsiya – sotib olishga sarflangan mablag‘ni kelgusida qat’iy belgilangan foizi bilan qaytarish majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog‘oz shakli. U egasining jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qo‘yganligini tasdiqlaydi. Obligatsiya aksiyadorlik jamiyati moliyaviy mablag‘larini ko‘paytirish uchun chiqariladi. Aksiya egasi korxona mulkdori, obligatsiya egasi esa uning kreditori hisoblanadi.
Undan tashqari, obligatsiya aksiyadan farq qilib, o‘z
egasiga