Tadbirkorlik kapitali pul shaklining doiraviy aylanishi:
Iv
P T . . . I . . . T’ P’
Ich
Unumli kapitalning doiraviy aylanishi:
Iv
T . . . I . . . T’ P’ T
Ik Ik
Tadbirkorlik kapitali tovar shaklining doiraviy aylanishi:
Iv
T P T . . . I . . . T’
Ik
Kapital o‘z harakatini qanday ijtimoy-iqtisodiy shakllarda amalga oshirmasin, ular uchun yuqorida ta’kidlaganimizdek, doiraviy aylanish va uning bosqichlarining harakat ko‘rinishi umumiy. Shu bilan birga xo‘jalik yuritishning ayrim shakllarida tadbirkorlik kapitalining doiraviy aylanishi, ularning bosqichlari va harakat shakllari o‘zlarining iqtisodiy mazmuni jihatidan farqlanadi.
Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital
Tadbirkorlik kapitalining harakati bir doiraviy aylanish bilan to‘xtab qolmaydi, balki u uzluksiz davom etib, takrorlanib turadi. Doiraviy
aylanishlarning bunday uzluksiz takrorlanib, yangilanib turishi tadbirkorlik kapitalining aylanishi deyiladi.
Kapitalning ayrim qismlari turli tezlikda harakat qilishi tufayli sarflangan mablag‘larning aylanish tezligi turlicha bo‘ladi. Masalan, unumli iste’molda bo‘lgan xomashyo va materiallar qiymati, bir doiraviy aylanishdan keyin boshqa qismi masalan, mehnat qurollari qiymati bir necha doiraviy aylanishdan keyin o‘zining boshlang‘ich shakliga qaytadi.
Kapital o‘zining aylanish tavsifiga ko‘ra ikki qismga: asosiy va aylanma kapitalga bo‘linadi.
Asosiy kapital – ishlab chiqarish jarayonida bir nechta doiraviy aylanishlar davomida qatnashadi, o‘zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib, asta-sekinlik bilan o‘tkazib boradi va bir necha yillik xizmat muddati davomida ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydi.
Dostları ilə paylaş: |