O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


-rasm. Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə179/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

10.2-rasm. Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xususiyatning namoyon bo‘lishi
Rasmdan ko‘rinadiki, tovardagi ikki tomonlama xususiyat o‘z navbatida tadbirkorlik kapitaliga ham o‘tadi. Chunki, u pul, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ko‘rinishidagi unumli kapital hamda tayyor tovarlardan iborat bo‘ladi.
Ayni paytda, kapital tovarlari o‘sish xususiyatiga ega bo‘lgan qiymatni ham namoyon etadi.
Tadbirkorlik kapitalining harakat jarayoni ikki jihatdan, ya’ni – bir turdagi naflilikning sifat jihatdan boshqa turdagi naflilikka o‘tishi va miqdor jihatdan ko‘payishi hamda qiymatning o‘sish jarayonidan iborat.
Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xususiyat pirovardida yangidan yaratilgan tovarning ikki tomoni, birinchidan, sifat jihatdan yangi turdagi va ko‘rinishdagi, miqdor jihatdan esa ko‘paygan naflilik, ikkinchidan esa, o‘tkazilgan va yangidan yaratilgan qiymatda namoyon bo‘ladi. Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida doimo harakatda bo‘ladi va bu harakat jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o‘tadi.
Ishlab chiqarishga sarflanadigan har qanday sarmoya o‘z harakatini pul shaklidan boshlaydi. Pul (P) tegishli resurslar bozoridan zarur tovarlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari (Iv) va ishchi kuchi (Ik) sotib olishga sarflanadi (avanslanadi). Bu holda pul shunchaki tovarlar sotib olishgagina emas, balki ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy faoliyat omillarini sotib olishga sarflanadi. Ushbu muomala sohasida pul kapitali o‘z harakatining birinchi bosqichidan o‘tadi:
Iv
P T
Ik
Mazkur jarayon natijasida pul shaklidagi mablag‘lar unumli kapital shakliga aylanadi va ular ishlab chiqarish jarayonining potensial omillari hisoblanadi. Kapital harakatida ikkinchi bosqich ishlab chiqarish (I) jarayoni hisoblanib, uning natijasida iste’molga tayyor tovar tovar (T) shaklini oladi. Bu yerda hosil qilingan tovarlar qiymati ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchiga sarflangan qiymatdan ortiq bo‘ladi, ya’ni:
Iv
T . . . I . . . T’
Ik
Chunki, hosil qilingan tovarlar qiymatida ishlab chiqarish vositalarining ko‘chgan qiymati, ishchi kuchi qiymatining ekvivalenti va ular tomonidan vujudga keltirilgan qo‘shimcha mahsulot qiymati ham mavjud bo‘ladi.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin