Uchinchibosqichda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish sodir bo‘ladi T’P’ ushbu bosqichda tovarlar pulga aylanadi va o‘zining dastlabki shakliga qaytib keladi. Dastlab, pul shaklida sarflangan mablag‘ yana pul shaklida, ammo miqdor jihatidan ko‘proq bo‘lib qaytadi. Shu sababli uni P’=P+p ko‘rinishida ifodalash mumkin.
Tovarlarni sotishdan tushgan pul kapitali yana ishlab chiqarish omillari sotib olish uchun sarflanadi va shu tariqa yuqoridagi harakat to‘xtovsiz takrorlanaveradi. Tadbirkorlikkapitaliningo‘zharakatidauchbosqichni izchilbosibo‘tib,muntazamravishdabirshakldanboshqabirshaklgaaylanib,yanadastlabki shakligaqaytibkelishiuningdoiraviyaylanishideyiladi. Doiraviy aylanishning birinchi va uchinchi bosqichlari muomala sohasida, ya’ni resurslar va tovarlar bozorida, ikkinchi bosqichi esa ishlab chiqarishda ro‘y beradi. Shuning uchun formulada ishlab chiqarish jarayoni va muomala sohasi o‘rtasidagi oraliqlar nuqtalar (…) bilan ajratilib ko‘rsatiladi. Har bir bosqichda kapital muayyan harakat shakliga kiradi. Birinchi bosqichda u pul shaklida, ikkinchi bosqichda unumli yoki ishlab chiqarish omillari va uchinchi bosqichda tovar shaklida yuzaga chiqadi. Kapital doiraviy aylanish jarayonida uning har bir shakli alohida vazifani bajaradi va shunga ko‘ra ular kapitalningharakatishakllari deyiladi.
Kapital pul shaklining harakati iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan shart- sharoitlarni yaratishdan iborat. Bunga pulni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib olishga avanslash orqali erishiladi. Kapital unumlishakliningharakati tovarlar ishlab chiqarish va huddi shu jarayonda qiymatning o‘sishiga erishishni ta’minlash vazifasiga qaratiladi.
Kapital tovarshakliningharakati orqali ishlab chiqarilgan tovarlar qiymatining narx shaklida ro‘yobga chiqishi sodir bo‘ladi va o‘sgan qiymatning pulga aylanishi bilan tadbirkorning foyda olish maqsadi ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish uzluksiz davom etishi uchun tadbirkorlik kapitali o‘zining bir shaklidan boshqa bir shakliga aylanib turishi va ayni paytda har uchala shaklda ham mavjud bo‘lmog‘i lozim. Agar tadbirkorlik kapitali bu shakllarning birortasida to‘xtab qolgudek bo‘lsa, uning harakatidagi uzluksizlik buziladi. Tadbirkorlik kapitalining har uchala shakli bir vaqtda o‘z doiraviy aylanishiga ega bo‘ladi.