O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə184/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan foydalanish samaradorligi

Kapitalning samaradorlik darajasi turli omillar ta’sirida shakllanadi. Ular orasida asosiy kapitalning tarkibi (tarmoq tarkibi, turlar bo‘yicha tarkibi); asosiy kapitaldan foydalanish va uni taqsimlash samaradorligi; eskirgan mehnat vositalarini yangilari bilan amashtirish yo‘llari va usullari muhim ahamiyatga ega.


Asosiy kapitalning tarmoq tarkibi ularning ayrim tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi va har bir tarmoqning kapitalning umumiy qiymatidagi hissasi bilan tavsiflanadi. Agar asosiy kapital tarkibida ko‘proq texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish samaradorligini belgilaydigan tarmoqlarning ulushi oshsa, ularning tarmoq tarkibining yaxshilanganligini bildiradi.
Asosiy kapitalning turlari bo‘yicha tarkibi ular har bir turining kapital umumiy qiymatidagi hissasi va nisbati bilan tavsiflanadi.
Asosiy kapitalning ayrim turlari ishlab chiqarishda o‘z ishtiroki bo‘yicha bir xil rol o‘ynamaydi. Agar binolar asosan ishlab chiqarish jarayonining bir me’yorda borishini ta’minlab, mehnatning umumiy sharoitini tashkil qilib, ishlab chiqarish samaradorligiga bilvosita ta’sir ko‘rsatsa, mehnat qurollari (ish mashinalari, uskunalar va boshqalar) ishlab chiqarish jarayonida faol rol o‘ynaydi va ishlab chiqarish samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish o‘zaro bog‘langan ikki jarayonga: asosiy kapitalning eskirishi, ya’ni amortizatsiya jarayoni va amortizatsiya fondidan mehnat vositalarini jismoniy shaklda tiklash uchun foydalanishga tayanadi.
Mehnat vositalari jismoniy eskirishining ikki shakli mavjud:

  1. ulardan bevosita foydalanish natijasidagi jismoniy eskirish;

  2. harakatsiz turish natijasida, tabiiy kuchlarning ta’sirida jismoniy eskirish.

Mehnat vositalari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish natijasida jismoniy eskirganda, ular texnik, ishlab chiqarish xossasini va iste’mol qiymatini asta-sekin yo‘qotib boradi. Ayni vaqtda asosiy kapital tabiiy kuchlarning ta’sirida jismoniy eskirishi ham mumkin. Bunday eskirish qiymati qoplanmaydi va u yo‘qotishni
bildiradi. Bu yo‘qotish asosiy kapitalning harakatsiz turish natijasidagi eskirishiga teng bo‘ladi.
Mehnat vositalari jismoniy eskirish bilan birga ma’naviy jihatdan ham eskiradi. Ma’naviy eskirishning ham ikki xil turi mavjud bo‘lib, ular bir-biridan farq qiladi. Ma’naviy eskirishning birinchi turi mehnat vositalari tayyorlanadigan tarmoqlarda mehnat unumdorligi oshganligi natijasida ular qiymatining pasayishida ifodalanadi. Bu ishlab turgan uskunalarni yangilari bilan almashtirishni zarur qilib qo‘ymaydi, chunki ishlab turgan va yangi uskunalarning texnika darajasi bir xil bo‘lib qolaveradi. Biroq, ancha past qiymatga ega bo‘lgan mehnat vositalarining keng qo‘llanishi shunga olib keladiki, ilgari sotib olingan mehnat vositalari qiymatining bir qismi yo‘qoladi.
Ma’naviy eskirishning ikkinchi turida ancha mukammal, arzon va unumli mashinalarning ishlab chiqarishga kirib kelishi bilan ilgari o‘rnatilgan mehnat vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lmay qoladi va natijada ular yangilari bilan almashtiriladi. Ma’naviy eskirishdan ko‘riladigan zararning oldini olishning asosiy yo‘li mehnat qurollaridan ancha samarali foydalanish hisoblanadi.
Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning bir qismi amortizatsiya fondi yordamida qoplanadi.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin