O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə147/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Robinson-Petmen qonuni (1936 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdo sohasidagi cheklovchi faoliyatlar, «narxlar qaychisi», narx bo‘yicha kamsitishlar va boshqalarni taqiqlaydi.

1950 yilda Kleyton qonuniga Seller-Kefover tuzatishi kiritildi. Unda noqonuniy birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib olish orqali birlashib ketish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik firmalarning gorizontal ravishdagi birlashib ketishlariga to‘siq qo‘ygan bo‘lsa, Seller-Kefover tuzatishi vertikal ravishdagi birlashib ketishlarga cheklov kiritdi.



    1. O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini shakllantirish va monopoliyaga qarshi qonunchilik

Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi. Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o‘z-o‘zidan, evolyusion yo‘l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan.


Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o‘z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu
siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasiga ko‘ra, - “iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma- bosqich kamaytirish”1 vazifasi belgilangan. 2017 yildan boshlab Iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobat muhitini yaratish hamda mahsulotlar va xizmatlar bozorida bosqichma-bosqich monopoliyani qisqartirish ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga kirishildi.
Lekin, bugungi kunda O‘zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo‘lib, ular ko‘pincha tarmoq vazirliklari mavqeiga ega bo‘lib, mahsulot va xomashyolarning alohida turlarini limit va fond ko‘rinishida taqsimlashning eskicha tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar berish, kelishish kabi ma’muriy to‘siqlar monopolistik tendensiyalarga ko‘proq imkon yaratadi. Iqtisodiy taraqqiyotga to‘siq bo‘luvchi bunday holatlarni bartaraf etish maqsadida prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida “barqaror iqtisodiy o‘sishning eng muhim garovi – raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, ular uchun yangi xalqaro bozorlar topish va eksportni ko‘paytirish, tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanish hisoblanadi”2, deb ta’kidlanadi.
O‘zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagi chora- tadbirlarning amalga oshirilishini taqozo etadi:


      1. Yüklə 11,04 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin