O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə19/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Iqtisodiyot nazariyasida tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini taqozo qiladi. Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas, shu bilan birga asosiy ichki zarur qonuniy bog‘lanishlar bo‘yicha ham tahlil qilinadi. Masalan, biz pulning iqtisodiy tabiatini o‘rganishda uning tarixiy jihatlari, jumladan, qiymat shakllarining rivojlanishini ko‘rib chiqamiz. Bu esa, bizdan tarixga, tovar-pul munosabatlarining dastlabki kurtaklari paydo bo‘lgan jamiyatga nazar tashlab, o‘sha davrdagi iqtisodiy munosabatlarni tahlil qilishni taqozo etadi. Biroq, bu holat o‘tmishdagi barcha iqtisodiy munosabatlarga emas, balki aynan pulning dastlabki asoslari bilan mantiqiy bog‘langan munosabatlargagina taalluqlidir.
Pulning kelib chiqish sabablari, shakllanish jarayonlari puxta o‘rganilgandan keyin mantiq va tafakkurlash kuchi ishga solinib, uning xozirgi davrdagi asl mazmuni, vazifalari xususiyatlari bilib olinadi. Shundagina pulning keng va chuqur mazmunga ega bo‘lgan obyektiv tarixiy kategoriya ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Foydalanilayotgan usullar ichida eksperiment usuli ma’lum o‘rin egallaydi, iqtisodiy o‘sishning keskin o‘zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish paytida eksperiment alohida o‘ringa ega. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish, ya’ni ilmiy tajriba, eksperiment o‘tkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yo‘nalishlarni ishlab chiqish talab etiladi. Iqtisodiyot sohasida o‘tkaziladigan eksperimentlarga erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish, muayyan iqtisodiy tadbirlarni alohida korxona yoki hududlarda sinovdan o‘tkazish kabilarni misol tariqasida keltirish mumkin. Jumladan, O‘zbekistonda zarar ko‘rib ishlovchi shirkat xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklarga aylantirish jarayoni dastlab Qoraqalpog‘iston
Respublikasining Ellikqal’a tumanida tajribadan o‘tkazilib, keyinchalik boshqa tuman va viloyatlarda bosqichma-bosqich amalga oshirilganligini ham iqtisodiy eksperiment sifatida baholash mumkin.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin