Asosiytayanchtushunchalar Iqtisodiyfaoliyat – cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar majmui.
Iqtisodiyot – mulkchilikning turli shakllariga asoslangan xo‘jaliklardan, xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo‘shma
korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat o‘ta murakkab tizim.
Ishlab chiqarish– kishilik jamiyatining mavjud bo‘lishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni yaratish jarayoni.
Taqsimot – ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning turli qism va subyektlari o‘rtasida taqsimlash jarayoni.
Ayirboshlash – jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab chiqarish natijalari bo‘yicha o‘zaro almashish jarayoni.
Iste’mol – ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning ishlatilishi jarayoni.
Ehtiyoj – insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalarga bo‘lgan zarurat.
Moddiy ehtiyoj – moddiy ko‘rinishdagi ne’matlar vositasida qondiriluvchi zarurat.
Ma’naviy ehtiyoj– insonning shaxs sifatida kamol topishi, dunyoqarashi va ma’naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan nomoddiy ne’mat va xizmatlarga bo‘lgan zarurat.
Ehtiyojlarningo‘sibborishiqonuni – ehtiyojlarning turlari kengayib, miqdoran o‘sib, sifat jihatidan takomillashib borishi.
Iqtisodiy resurslar – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish iste’mol jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan barcha vosita va imkoniyatlar majmui.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti– iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy ne’matlarni (tovarlar va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini o‘rganish.