Bozoriqtisodiyotisharoitidaharqandayishlabchiqarishikkitomonlamaxususiyatgaegabo‘lib, bir tomondan iste’molqiymatini(naflilikni) yaratishvako‘paytirishdir,ikkinchitomondan,moddiyvositalarvamehnatning sarflanishi,yangiqiymatningyaratilishi,boshqachaqilibaytganda,qiymatning o‘sish jarayonidir. Bu ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama xususiyatidir.
Masalan, tadbirkor ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 10 mln. so‘mlik paxta tolasi sotib oldi, deylik. Toladan ip yigirish uchun qo‘llanilgan asosiy vositalar amortizatsiyasi, energiya, yonilg‘i va boshqa xarajatlar 4 mln. so‘mni, ish haqi 3 mln. so‘mni tashkil etib, 3 mln. so‘mlik qo‘shimcha mahsulot yaratilib, uni tadbirkor foyda sifatida oladigan bo‘lsa, yaratilgan mahsulotning qiymati 20 mln. so‘mni, qo‘shilgan qiymat 10 mln. so‘mni, yangi yaratilgan qiymat 6 mln.so‘mni tashkil etadi. Agar (4 mln. so‘m + 10 mln. so‘mni) oldingi yaratilgan qiymat deb hisoblasak, u 6 mln. so‘mga ko‘payib 20 mln. so‘mga etadi. Bu 20 mln. so‘m ham naflilikning ham qiymatning o‘sishini ifodalaydi.
Agar biz 8 mln. so‘mlik qo‘shilgan qiymatdan 2 mln. so‘mini amortizatsiya, energiya va boshqalardan iborat moddiy xarajatlar, ya’ni oldindan yaratilgan qiymatlar deb qarasak, 6 mln. so‘mlik qiymat, ya’ni 4 mln. so‘mlik ish haqi va 2 mln. so‘mlik foyda shu ishlab chiqarish jarayonida hosil qilingan yangi qiymat hisoblanadi.
Istе'mol qiymati, ya'ni nafliligi
Mеhnat jarayoni yoki naflilikning yaratilishi va ko‘payishi jarayoni
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiatini quyidagicha ifoda etishimiz mumkin (2.4-rasm).