O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə26/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

2.1-rasm. Ishlab chiqarish omillarining turkumlanishi
Ishchi kuchi insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi bo‘lganligi uchun bozor iqtisodiyoti davrida inson emas, mehnat jarayoni ham emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi. Ishchi kuchining boshqa tovarlar kabi qiymati va nafliligi mavjuddir va binobarin, uning bozori ham mavjud bo‘ladi. Shuning uchun hozirgi kunda keng qo‘llanilayotgan mehnat bozori tushunchasi o‘rniga ishchi kuchi bozori, mehnat resurslari o‘rniga ishchi kuchi resurslari deyilsa to‘g‘ri va tushunarli bo‘lar edi.
Kapital tushunchasi ham turli adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Ko‘pchilik kapital tushunchasini tarixiy tushuncha deb qarab, uning kapitalizmga xosligini isbotlaydi va kapitalni o‘z egasiga qo‘shimcha qiymat keltiruvchi qiymat, o‘z-o‘zidan ko‘payuvchi, o‘suvchi qiymat deb hisoblaydi. Ayrim g‘arb iqtisodchilari ham, masalan, J.Klark, L.Valras, I.Fisherlar kapitalga daromad keltiruvchi, foyda keltiruvchi, foiz keltiruvchi qiymat deb qaraydilar.
Qator g‘arb iqtisodchilarining jumladan, D.Xayman, P.Xeyne, E.Dolon, J.Robinson, R.Dornbush va boshqalarning fikrini keltirib va ularni umumlashtirib, prof. V.D.Kamaev o‘zining rahbarligida yozilgan darsligida «haqiqatdan ham — kapital o‘zidan o‘zi ko‘payuvchi qiymat»1 deb yozadi. Bunday fikr D.D.Moskvin, V.Ya.Ioxin, A.G.Gryaznova, E.F.Borisov va boshqalarning rahbarligida nashr etilgan qator iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida ham aytiladi. Lekin, Amerika va Yevropa mamlakatlaridan kirib kelgan «Ekonomiks» darsliklari va boshqa ayrim adabiyotlarda kapitalni barcha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida qo‘llaniladigan moddiy vositalardan, ya’ni hamma turdagi mashinalar, asbob- uskunalar, inshootlar, zavod-fabrikalar, omborlar, transport vositalari va boshqa shu kabilardan iborat deb ko‘rsatadi, unga pul va tovarni kiritmaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ayrim iqtisodchilar kapitalistik iqtisodiy tuzumning sotsial mohiyatini ochish uchun masalaga bir tomonlama qarab, ishlab chiqarish omillarining qiymatiga e’tiborni kuchaytirgan. Iqtisodchilarning ayrimlari esa kapitalni bir tomonlama qarab, uning qiymat tarafini e’tiborga olmasdan faqat moddiy ashyoviy tomonini ko‘rsatadilar va kapital tushunchasining tarixiyligini e’tibordan chetda qoldiradilar. Shuning uchun ham ular uni qotib qolgan doimiy, o‘zgarmas tushuncha deb ishlab chiqarish vositalarini (uning faqat moddiy- ashyoviy tomonini hisobga olib) kapital deb ataydilar. Biz bu kapital tushunchasiga bo‘lgan ikki tomonlama yondashuvni bir tanganing ikki tomoni, bir tushunchaning, ya’ni kapital tushunchasining ikki tomoni: uning bir tomoni moddiy va ashyoviy ko‘rinishi, ikkinchi tomoni esa uning qiymat ko‘rinishi ekanligini e’tiborga olamiz va uni bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital deb ishlatamiz. Biz kapital deganda yollanma mehnat tomonidan harakatga keltirilib, o‘z egalariga daromad, foyda keltiradigan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning hamma sohalarida qo‘llanadigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga tayyor turgan tovarlarni, yangi vositalar va ishchi kuchini sotib olishga mo‘ljallangan pul mablag‘larini, ularning ashyoviy tomoni va qiymatining birligini tushunamiz. Boshqacha qilib aytganda,




1 Экономическая теория: Учеб. для студ. высш. учеб. заведений / Под ред. В.Д.Камаева. – 10-е изд., перераб. и доп. - М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 2004, стр. 217.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin