O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə28/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni

Jamiyatning iqtisodiy asosini, inson hayotiy faoliyatining manbaini tushunish uchun ishlab chiqarish jarayonining mazmunini bilish zarur.


Ishlab chiqarish jarayoni bu kishilik jamiyatining yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatdir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko‘rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir.
Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir yoki boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi bor narsalarning ko‘rinishini o‘zgartirib, o‘zining iste’moli uchun muvofiq holga keltirish uchun qilingan mehnat faoliyatidan iboratdir. Masalan, kishilar tabiatda mavjud bo‘lgan erdan foydalanib turli xil dehqonchilik, chorvachilik mahsulotlarini etishtiradilar. O‘rmonlardagi daraxtlardan foydalanib, ularning shaklini o‘zgartirib, turli xil yog‘och buyumlar yasaydilar, uylar quradilar. yer bag‘rida (konlarda) mavjud bo‘lgan turli rudalar
(temir, mis, ruh, qo‘rg‘oshin va h.k.), mineral xomashyolardan foydalanib, o‘zlari uchun zarur iste’mol buyumlari, ishlab chiqarish vositalari yaratadilar. Ana shu mehnat jarayonida kishilar, eng avvalo, tabiat bilan, uning kuchlari va ashyolari bilan hamda o‘zaro bir-birlari bilan ma’lum munosabatda bo‘ladilar.
Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganlaridek, “xomashyoni jahon bozorida talab katta bo‘lgan mahsulotga aylantirish uchun qayta ishlashning 3-4 bosqichli tizimiga o‘tishimiz zarur. Bu tizimning ma’no-mohiyati shundan iboratki, u birinchi bosqichda xomashyoni dastlabki qayta ishlash, ya’ni yarim fabrikatlar tayyorlash, keyingi bosqichda sanoat asosida ishlab chiqarish uchun tayyor materiallarga aylantirish, uchinchi, yakuniy bosqichda esa iste’mol uchun tayyor mahsulot ishlab chiqarishni nazarda tutadi.
Bu boradagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda har bir turdagi birlamchi xomashyo, ya’ni yarim fabrikatlarni chuqur qayta ishlashdan tortib, uni iste’mol uchun tayyor mahsulotga aylantirishgacha bo‘lgan yakuniy bosqichga qadar butun ishlab chiqarish jarayonini kuzatib borish zarurati paydo bo‘lmoqda”.1 Kishilar o‘zlarining ongli, maqsadga muvofiq unumli mehnati bilan tabiat moddalarining shakllarini o‘zgartiradilar va iste’mol uchun zarur bo‘lgan mahsulotni vujudga keltiradilar. Mehnat jarayonida kishilar hamda tabiat o‘rtasidagi moddalar almashinuvi bilan birga insonning o‘zi ham har tomonlama kamol topib boradi, ya’ni kishilar o‘zining mehnatga bo‘lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va ularni amalda qo‘llashni kengaytirib boradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish jarayoni iste’mol qiymatlarni vujudga keltirish uchun maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan narsalarni inson iste’moli uchun o‘zlashtirib olishdir, inson bilan tabiat o‘rtasidagi modda almashuvining umumiy shartidir,
inson hayotining abadiy tabiiy sharoitidir.
Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi muhim ahamiyat kasb etib, u turli sohalar, bo‘linmalar, yaratilayotgan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlarini ifodalaydi. Eng avvalo, ishlab chiqarishni moddiy ishlab chiqarish va


1 I.Karimov. “Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznеs va tadbirkorlikka yanada kеng y ko‘l ochib bеrish hisobidan oldinga yurishdir” // Xalq so‘zi, 2016 yil 16 yanvar.
nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga ajratish lozim (2.3-rasm).

Ishlab chiqarish




Moddiy nе'matlarni ishlab chiqarish


Nomoddiy nе'matlarni ishlab chiqarish



Xizmat ko‘rsatish sohasi

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin