O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə36/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari

Ishlab chiqarish jarayonida turli omillarning bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lishi va birikishi asosan turli xildagi korxonalarda amalga oshiriladi. Bunday korxonalar sonining o‘sishi va yiriklashuvi ayni paytda iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar turlari va hajmining o‘sishidan darak beradi. Jumladan, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish, eng muhimi, Konstitutsiyamizda ko‘zda tutilganidek, xususiy mulkning qonuniy, me’yoriy-huquqiy va amaliy jihatdan ustuvor rolini ta’minlash, O‘zbekiston iqtisodiyotida tovar va xizmatlar hajmini bosqichma- bosqich ko‘paytirishga qaratilgan.


Yuzaki qaraganda, har bir korxonadagi (davlat, xususiy, qo‘shma korxona, fermer, dehqon, tomorqa xo‘jaligi) individual ishlab chiqarish mustaqil, bir-biridan ajralgan holda amalga oshadiganga o‘xshab ko‘rinadi. Ammo xilma-xil tovarlar va resurslarning uzluksiz oqimida individual ishlab chiqarilgan tovarlar va mablag‘larning harakatlari bir-biri bilan qo‘shilib, o‘ralib-chatishib ketadi. Chunki alohida olingan individual ishlab chiqaruvchilarning faoliyati va ayrim mablag‘lar, mahsulotlarning harakati o‘zaro bog‘langandir. Shu sababli, individual mehnatlar va tovarlar harakatining qo‘shilib ketishi, butun ijtimoiy ishlab chiqarishning, jami yaratilgan tovar va xizmatlarning harakatini bildiradi. Demak, ijtimoiy ishlab chiqarish o‘zaro bog‘langan va aloqada bo‘lgan barcha individual ishlab chiqarishlarning yig‘indisidir. Har bir individual ishlab chiqarish, uning sarmoyasi va resurslari esa ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas bir bo‘lagidir.




1 “2017-2021 yillarda O‘zbеkiston Rеspublikasini rivojlantirishning bеshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar stratеgiyasi”. http://strategy.gov.uz/uz/pages/action_strategy

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin