O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə44/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

(qo‘shimcha mahsulot = qo‘shimcha qiymat x mehnatning unumdorlik kuchi).
Shuningdek qo‘shimcha maxsulot bilan qo‘shilgan qiymat o‘rtasida ham tub farq mavjuddir. Har bir korxonada va tarmoqlarda qo‘shilgan qiymat asosiy vositalar amortizatsiyasi + ish haqi + yaratilgan qo‘shimcha maxsulot (soliq to‘lovlari va foyda)dan iborat bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, agar qo‘shilgan qiymat amortizatsiya, ish haqi va yaratilgan qo‘shimcha maxsulotdan iborat bo‘lsa, qo‘shimcha maxsulot uning bir tarkibiy qismidir. Hamma tarmoq va sohalarda yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi mamlakatning yalpi ichki maxsulotini tashkil etadi. Shunday qilib, qo‘shimcha qiymat, qo‘shilgan qiymat va qo‘shimcha maxsulot bir xil (sinonim) tushunchalar emas balki tamomila bir-biridan farq qiladigan alohida-alohida iqtisodiy kategoriyalardir.
Ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan qo‘shimcha maxsulot sotilish jarayonida korxonaning umumiy foydasiga aylanadi. Bu foydadan davlat soliq sifatida, ssuda kapital egalari esa foiz sifatida, yer egalari renta sifatida o‘z ulushlarini oladilar. Bu daromad turlari qo‘shimcha maxsulot ning sotilib, dastlabki taqsimlangandan keyingi o‘zgargan shakllaridir. Yuzaki real hayotda qo‘shimcha maxsulot yuqoridagi to‘rtta shakllarda namoyon bo‘ladi. Kimki iqtisodiy jarayonlarning tub ildizini tushunmasa, bu daromadlarning manbaini, qayerda va kim tomonidan yaratilishini tushunmasdan qolaveradi. Zaruriy va qo‘shimcha maxsulotlarning mazmunini tushunishda ularning real hayotdagi modifikatsiyalashgan shakllarini bilish muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumki, zaruriy va qo‘shimcha maxsulot ularning bevosita ishlab chiqarish jarayonidagi ko‘rinishidir. Ammo, ular oldi-sotdi va taqsimlash jarayonlaridan o‘tib, o‘z shakllarini
o‘zgartirib, modifikatsiyalashgan shakl oladilar.

Dеhqon, fеrmеr, xunarmandchilik, kasanachilik va boshqa uy xo‘jaliklaridan olingan maxsulotlar

Ijtimoiy himoya fondlari
Yangidan yaratilgan sof maxsulotning tarkibi va modifikatsiyalashgan shakllari 2.8-rasmda aniqroq tasvirlash mumkin.


Ish haqi
2.8-rasm. Zaruriy va qo‘shimcha maxsulotning modifikatsiyalashgan shakllari. Foydaning turli to‘lovlardan qolgan qismi esa tadbirkorlarning sof foydasi bo‘lib, uning hisobidan o‘zlarining iste’molini qondiradi, investitsiyani, turli sotsial yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshiradilar. Ko‘rinib turibdiki, qo‘shimcha maxsulotni ko‘paytirish hech kimga zarar bermaydi, aksincha jamiyat a’zolarining
hammasi uchun manfaatlidir.
Ma’lumki, qo‘shimcha maxsulot bilan zaruriy maxsulot o‘rtasida xar doim ziddiyat va aloqadorlik bo‘ladi. Ularning xar ikkalasidan ham butun iqtisodiyotni rivojlantirish va jamiyat a’zolarining farovonligini oshirish maqsadlarida foydalaniladi.
Lekin ularning sof milliy maxsulotdagi xissasi turli omillar ta’sirida, masalan, texnika taraqqiyotining rivojlanishi, ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibining o‘zgarishi, mehnat unumdorligining oshishi natijasida o‘zgarib turadi. Mehnat unumdorligining o‘sishi natijasida zaruriy maxsulotning absolyut miqdori o‘sgan
holda sof milliy maxsulotdagi xissasi kamayib, qo‘shimcha maxsulotning xissasi oshib boradi. Bunday holatlar qo‘shimcha maxsulot normasining oshishida o‘z aksini topadi.
Bu bayon etilganlardan xulosa qilib aytish mumkinki, qo‘shimcha mehnat va binobarin, qo‘shimcha maxsulot butun-butun tarixiy taraqqiyot davomida ishlab chiqarishni, fan texnikani, ta’limni, sog‘liqni saqlashni, madaniyatni rivojlantirish, mamlakat mudofaasini mustahkamlashning iqtisodiy manbai bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.




    1. Yüklə 11,04 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin