2.6-rasm.Tovar–“xizmat”ningikkiyoqlamatabiati Tovar – “xizmat” ikkiyoqlama tabiatining mazmun-mohiyatini to‘g‘ri tushunish juda katta ilmiy, uslubiy va amaliy ahamiyatga egadir. Tovar–“xizmat”nafliligining xususiyati shundaki, u yaratilgan vaqtning o‘zidayoq iste’mol qilinadi, u boshqa moddiy buyumlashgan tovarlar kabi uzoq muddat harakatda yurmaydi, saqlanmaydi va jamg‘arilmaydi. Uning pulshaklidagiqiymati esa o‘z
harakatini davom ettiraveradi va u xuddi moddiy buyumlashgan tovarlar qiymati kabi takror ishlab chiqariladi va jamg‘ariladi. Tovar – “xizmat”ning ushbu qiymati boshqa tovarlarga ayrboshlanadi, ya’ni xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan barcha korxona va tashkilotlar o‘z extiyojlari uchun zarur bo‘lgan asosiy va aylanma vositalar hamda ishchi kuchini o‘z tovar – “xizmat”larini sotishdan tushgan pul mablag‘lari hisobiga sotib olishadi. Bundan tashqari, yildan-yilga ularning pul va boshqa mablag‘lari oshib, ko‘payib boradi. Tovar – “xizmat”larning ikkiyoqlama tabiatini tushunishning muhimligi shundaki, xizmatlar yil davomida yaratilgan yalpi ichki mahsulot hajmining oshishida, ishlab chiqarish kuchlarining kengayishida va aholining turli xildagi xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, u mamlakat statistika tizimi va iqtisodiyotni prognozlashtirishda juda muhim ahamiyatga egadir.
Xizmatlar sohasining iqtisodiy taraqqiyotdagi salmoqli o‘rnini hisobga olib, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida, ayniqsa, keyingi yillarda iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, mamlakatdagi ishchi kuchi bandligini ta’minlash, aholi daromadlarini va turmush sifatini oshirishning, ehtiyojlarni qondirishning muhim yo‘nalishlari va omillaridan biri sifatida xizmatlar sohasi va servisni jadal rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining asosiy vazifalari va yo‘nalishlarini amalga oshirish jarayonida, 2010-2019 yillarda bozor xizmatlari hajmi bir necha marotabaga oshib, 190,4 trln.so‘mgacha ko‘paydi. Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi mazkur davrda 5668,6 ming so‘mni tashkil etdi (2.2-jadval).