Iqtisodiy qonun – iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi barqaror takrorlanib turadigan muhim ichki sabab-oqibat aloqalari, ularning o‘zaro bog‘liqligi.
Iqtisodiy kategoriya – barqaror takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha.
Uslubiyat – ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun-qoidalari va aniq hadislari.
Ilmiyabstraksiyausuli – tahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratish.
Takrorlashuchunsavollarvatopshiriqlar Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh masalasi nima?
Ehtiyoj nima? Uning qanday turlarini bilasiz?
Iqtisodiy resurs tushunchasiga va uning turlariga ta’rif bering.
Nima uchun hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berish insonning turli xil faoliyatlari ichida eng asosiysi hisoblanadi?
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat? U boshqa iqtisodiy fanlar ichida qanday o‘rin tutadi?
Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanishida qanday ilmiy maktab va yo‘nalishlar vujudga kelgan?
Iqtisodiyot nazariyasining qanday vazifalari mavjud? Bu vazifalarning bugungi kundagi ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi?
Iqtisodiy qonunlar nima va ularning qanday turlari mavjud? Iqtisodiy qonunlarning iqtisodiy kategoriyalardan farqi nimada namoyon bo‘ladi?
Iqtisodiyot nazariyasini o‘rganishda qanday usullardan foydalaniladi?
Makroiqtisodiy tahlil bilan mikroiqtisodiy tahlil o‘rtasidagi farq nimadan iborat?
BOB.ISHLABCHIQARISHJARAYONIVAUNINGNATIJALARI
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida, barcha mamlakatlarda inson hayotining asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish tashkil etadi. Chunki, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari bo‘lmasa, ayirboshlaydigan, taqsimlaydigan va iste’mol qiladigan ne’matlarning o‘zi bo‘lmaydi. Har qanday jamiyatda insoniyat iste’molsiz yashay olmaganidek, ishlab chiqarmasdan ham turolmaydi. Bu masala hozirgi kunda jahon mamlakatlarining katta muammosiga aylangan. Chunki, dunyoda ro‘y berayotgan jahon iqtisodiy inqirozlari, aholi sonining oshib borishi va boshqa sabablarga ko‘ra, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan maxsulotlar miqdorining o‘sish sur’atlari susayishi, bu ko‘rsatkichning ayrim mamlakatlarda sezilarli darajada pastligi kuzatilmoqda. Dunyo mamlakatlari reytingida bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston ham 187 ta mamlakatlar ichida 134-o‘rinda turishi ham yaxshi ko‘rsatkich emas. Agar aholi sonining oshib borishi va har bir kishining tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabi oshib borishini hisobga olsak, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish o‘ta jiddiy va dolzarb hayotiy masala ekanligi hammaga ayon bo‘ladi. Shuning uchun ham mamlakatimiz prezidenti va xukumati mustaqillikka erishgan kundan boshlab to hozirgi kungacha ishlab chiqarish jarayonini1aholi turmush darajasi va sifatini oshirishning asosiy manbai va yo‘li deb qarab uni rivojlantirishga alohida e’tibor berib kelmoqda.
Aholining o‘sib boruvchi talablarini mavjud imkoniyat va resurslarimizni real hisobga olgan holda 2030 yilgacha YaIM hajmini 2 baravardan ko‘proq oshirish vazifasi qo‘yilgani va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsiyalar hajmining asosiy qismini ishlab chiqarishni, unda qo‘llaniladigan yangi texnika va texnologiyalarni rivojlantirishga sarflanayotgani bu sohaga qaratilgan katta e’tiborning dalilidir. Buning ustiga O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida “ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-
1Ishlab chiqarish jarayoni dеganda moddiy ishlab chiqarish bilan xizmat ko‘rsatishni birgalikda qaraladi.
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish”1vazifasi qo‘yilgani muammoning jiddiyligidan dalolat beradi.
Biroq, bugungi kunda Iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha yozilgan ayrim ilmiy ishlar, risolalar, darslik va o‘quv qo‘llanmalarda ishlab chiqarish jarayonining mazmun-mohiyatini yoritish tamomila e’tibordan chetda qolmoqda. Bu bir tomondan, ko‘pgina o‘quvchi yoshlarning, jumladan, talabalarning mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) qayerda, kimning mehnati bilan, kim tomonidan, qanday ishlab chiqarilishini, uni qanday rivojlantirishni, shu sohalarda kishilarning ter to‘kib qilayotgan mehnatlarining ahamiyatini tushunmaslikka olib keladi, ikkinchi tomondan, iqtisodiyotga qiziquvchi va u bilan shug‘ullanuvchi barcha kishilarning butun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida sodir bo‘layotgan ishlab chiqarish munosabatlaridan bexabar qolishiga sabab bo‘ladi, uchinchidan esa, butun jahonda sodir bo‘layotgan iqtisodiy inqirozlarning tub sababini tushunmaslikka olib keladi. Xolbuki inqiroz ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish o‘zining turlari, sifati, hajmi bo‘yicha talabga javob bermasligi ya’ni muomaladagi pul agregati ya’ni pul miqdori bilan tovarlar va xizmatlar hajmi, turlari va sifati o‘rtasidagi nisbatning buzilishi sababli kelib chiqadi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish esa bunday inqirozlarning oldini olish omili bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu bobda bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish omillari, uning infratuzilmasi va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar va muammolar bayoni beriladi. Ishlab chiqarishning omillari va infratuzilmasi tavsifi, maqsadi va mazmuni ochib beriladi, uning natijalari va samaradorligi bilan bog‘liq masalalar bayoni ham yoritiladi va «ishlab chiqarish imkoniyatlari» tushunchasiga ham o‘rin ajratiladi. Shuningdek, AQSh, Yevropa va Rosiiya kabi mamlakatlarda keng tarqalgan keyingi qo‘shilgan mahsulot nafliligi va uning kamayib borishi, keyingi qo‘shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borish qonuni kabi g‘oyalar bilan tanishtiriladi, ularning kamchilik jihatlari
1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “o‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni.
ochib beriladi. Bu yerda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonining har taraflama rivojlantirilishi, bu jarayonlarni modernizatsiyalash, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish, diversifikatsiyalash hamda muvozanatli va mutanosibli rivojlantirilishi iqtisodiy inqirozdan qutilishning yoki uning oldini olishning muhim yo‘li sifatida qaraladi. Undan tashqari, 2017 yil 7 fevralda mamlakatimiz Prezidenti Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish strategiyasining mazmuniga, unda belgilangan ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish vazifalarini, ularni amalga oshirishning natijalarini yoritishga alohida e’tibor qaratilgan.