Makroiqtisodiyvamikroiqtisodiytahlilniqo‘shibolibborish. Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish korxona, firma va fermer xo‘jaliklarining ichki jarayonlarini alohida iqtisodiy subyektlarning xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu tahlilda alohida olingan tovarlarning xarajatlari, kapital va boshqa resurslardan foydalanishning, narx tashkil topishining, ish haqi to‘lashning, talab va taklif tarkib topishining shakl va mexanizmlarini o‘rganish markaziy o‘rin tutadi.
Makroiqtisodiy tahlil makro darajada (mamlakat yoki jahon miqyosida) milliy iqtisodiyotning to‘laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shug‘ullanadi. Milliy mahsulot yalpi ichki mahsulot dinamikasi narxlar darajasining o‘zgarishi, inflyatsiya, ishchi kuchining bandligi masalalari bu tahlil obyekti bo‘lib hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot o‘zaro bog‘langan va bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.
Induksiyavadeduksiya bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan, ammo o‘zaro bog‘liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlargaqarab harakatiinduksiya, aksincha, umumiyfaktlardan xususiyfaktlargatomonharakatideduksiyadebataladi. Misol uchun, biz «A» korxonadagi ishchilar ish haqining oshirilganligi, boshqa sharoitlar o‘zgarmagani holda, mehnat unumdorligining oshishiga olib kelganligining guvohi bo‘ldik, deb faraz qilaylik. Bundan, butun iqtisodiy tizim uchun tegishli bo‘lgan «ishchilar ish haqining oshirilishi, boshqa sharoitlar o‘zgarmagani holda, mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi», degan umumiy xulosa chiqarishimiz induksiyadir. Aksincha, bunday nazariy qoidani oldindan bilgan holda, uning turli tarmoqlar, alohida korxonalardagi amal qilish holatini aniqlashimiz va baholashimiz deduksiyani anglatadi.
Iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish va tahlil qilishda ikkitomonlamayondashuvusuli muhim o‘rin tutadi. Bunda barcha iqtisodiy hodisa va jarayonlar
bir-biriga qarama-qarshi turgan ikki tomon birligidan iborat deb qaraladi. Masalan, tovar qiymati va naflilikning birligidan iborat degan nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yo‘l qo‘yilib, yanglish tasavvurga va noto‘g‘ri xulosalarga olib kelishi mumkin1.
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik,matematik va grafik usullaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda grafik usulni keng o‘zlashtirish va qo‘llash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini ifodalashda vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul o‘zgaruvchi miqdorlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi.
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini, ulardagi o‘zgarishlarni, kelib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin bo‘ladi.