Bozoriqtisodiyotisharoitidaishchikuchinitakrorishlabchiqarishning xususiyatlari
Ishchikuchi–buinsonningmehnatgabo‘lganaqliyvajismoniyqobiliyatlarining yig‘indisi bo‘lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchihisoblanadi. Takror ishlab chiqarish jarayonida faqatgina ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, ya’ni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi.
Ishchikuchinitakrorhosilqilishyokiunitakrorishlabchiqarishdeganda eng avvalo ishchining mehnat qobiliyatini qayta tiklashi, ya’ni uningovqatlanishi, kiyinishi, dam olishi va madaniy hordiq chiqarishi tushuniladi. Bu esa ishchi uchun oila, uy-joy va boshqa shart-sharoitlar yaratilishi bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari, ishchi va xizmatchilarning hozirgi avlodi ma’lum vaqt
o‘tishi bilan qariydi. Ularning o‘rinlarini bosadigan o‘rinbosarlar ham tayyorlanishi lozim bo‘ladi. Buning uchun esa ishchining oilasi, farzandlari bo‘lishi lozim, ularning o‘sib-ulg‘ayishi, o‘qishi, zamon talabiga javob beradigan ishchi kuchi sifatida kamol topishi uchun ham shart-sharoit bo‘lishi zarur.
Ishchi kuchini takror hosil qilish jarayonini tadqiq etish uning miqdoriy va sifat jihatlarini ajratishni taqozo etadi. Ishchikuchiningmiqdorimamlakataholisining mehnatga layoqatli bo‘lgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchiresurslaridebhamataladi. Insonning ishchi kuchi resurslari tarkibiga kiritilishining asosiy mezoni uning yoshi va mehnatga bo‘lgan qobiliyati hisoblanadi. Odatda ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16 yoshdan to pensiyagacha (60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar) bo‘lganlar kiritiladi. Lekin ijtimoiy ishlab chiqarish va boshqa sohalarda band bo‘lgan pensionerlar ham ishlashi mumkin.