O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə315/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

19.1-jadval. Mutanosiblikning turlari, qisqacha mazmuni va aniq namoyon bo‘lish shakllari1

Mutanosiblik turlari

Qisqacha mazmuni

Aniq namoyon bo‘lish shakllari

Umumiqtisodiy mutanosiblik

Umumiqtisodiy tavsifdagi hodisa va jarayonlar, ularning turli tomonlari o‘rtasida taqozo etiluvchi ma’lum nisbatlardagi moslik

  1. iste’mol fondi va jamg‘arish fondi o‘rtasidagi mutanosibliklar;

  2. iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o‘rtasidagi mutanosibliklar;

  3. aholining daromadlari bilan xarajatlar o‘rtasidagi mutanosibliklar va h.k.

Tarmoqlararo mutanosiblik

Iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalari o‘rtasida taqozo etiluvchi ma’lum nisbatlardagi moslik

  1. sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblik;

  2. sanoat va qurilish tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblik;

  3. qishloq xo‘jaligi va transport tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblik;

  4. sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblik va h.k.

Tarmoq ichidagi mutanosiblik

Iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarini tashkil etuvchi tarkibiy qism va bo‘linmalar o‘rtasida taqozo etiluvchi ma’lum nisbatlardagi moslik

  1. sanoatning undirma va qayta ishlash tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblik;

  2. qishloq xo‘jaligining dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblik;

  3. chorvachilikning sut va go‘sht ishlab chiqarish sohalari o‘rtasidagi mutanosiblik va h.k.

Ishlab chiqarish
ichidagi mutanosiblik

Ishlab chiqariladigan
mahsulotga sarflanadigan omillarning tashkil etuvchi tarkibiy qismlar o‘rtasida taqozo etiluvchi ma’lum
nisbatlardagi moslik

  1. ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari

o‘rtasidagi mutanosiblik;

  1. mahsulotni yaratish uchun zarur bo‘lgan turli qismlari o‘rtasidagi mutanosiblik va h.k.

Hududiy (territorial) mutanosiblik

Milliy iqtisodiyotning turli hududlari o‘rtasida taqozo etiluvchi ma’lum nisbatlardagi moslik

  1. hududlararo kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonlarining turli fazalarining uzluksizligini ta’minlovchi nisbatlar;

  2. ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarining me’yorda amalga oshishini ta’minlovchi soha va tarmoqlarning mamlakat hududlari bo‘yicha rivojlanganlik nisbati;

  3. hududlarda tashkil etilgan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari miqdori o‘rtasidagi

nisbat va h.k.

Mamlakatlararo mutanosiblik

Jahonning turli davlatlari o‘rtasida taqozo etiluvchi ma’lum nisbatlardagi moslik

  1. davlatlarning jahon hamjamiyatida tutgan iqtisodiy o‘rni va rolini namoyon etuvchi nisbatlar;

  2. davlatlarning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki;

  3. eksport va import hajmi jihatidan davlatlar o‘rtasidagi nisbat va h.k.



1 Shodmonov E. Mamlakatni modеrnizatsiyalash jarayonida iqtisodiyotni muvozanatli va mutanosibli rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari. Monografiya. Toshkеnt: Iqtisod-moliya, 2010. 73 b.
A.O‘rinov mavjud tan olingan (umumiqtisodiy, tarmoqlararo, tarmoq ichidagi, xududiy, davlatlararo) mutanosibliklar bilan bir qatorda ishlab chiqarish ichidagi mutanosibliklarni ham alohida ta’kidlab o‘tadi. Ushbu turkumdagi mutanosibliklar korxonalarda qo‘llanilayotgan er, kapital bilan ishchi kuchi, iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish vositalari, ya’ni texnika, texnologiya bilan xom ashyo, asosiy va aylanma kapitallar o‘rtasidagi mutanosibliklarni ifodalaydi1.
Mualliflar tomonidan amalga oshirilgan turli yondashuvlar hamda iqtisodiy mutanosiblikning yuqorida ko‘rib chiqilgan asosiy turlarini umumlashtirgan holda uning mazmuni bo‘yicha quyidagi ta’rifni shakllantirish mumkin.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin