O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Iqtisodiy mutanosiblikning



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə314/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Iqtisodiy mutanosiblikning mazmuni va turlari

Iqtisodiyotning inqirozlarsiz, katta siklik tebranishlarsiz bir maromda barqaror, samarali va muvozanatli rivojlanishini ta’minlash uning turli tomonlari, sohalari va bo‘limlari o‘rtasida muayyan mutanosiblikning mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Iqtisodiy mutanosiblik kategoriyasini bilish faqatgina ilmiy nazariy ahamiyatga ega bo‘libgina qolmay, shu bilan bir qatorda jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishda katta amaliy ahamiyat kasb etib, uni mensimaslik yoki e’tiborga olmaslik pirovardida jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi, iqtisodiy resurslardan, yalpi ichki mahsulotdan foydalanishda katta isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilishi mumkin. Tovarlar hajmi bilan amalda harakat qilayotgan pul massasi (naqd va kredit pullar) o‘rtasidagi mutanosiblikning buzilishi, tovarlar hajmi e’tiborga olinmasdan naqd pul va ko‘plab turli xil to‘lov vositalari, qimmatli qog‘ozlarning muomalaga chiqarilishi jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozini keltirib chiqargani, bundan esa butun jahon iqtisodiyoti zarar
ko‘rib kelayotganligi kabi ko‘pgina misollar fikrimiz dalilidir. Iqtisodiy mutanosiblik alohida iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u o‘z tabiati, kelib chiqish sabablari, ichki rivojlanish qonuniyatlari va namoyon bo‘lish shakllariga egadir. Mutanosiblikning bu jihatlarini va samarali iqtisodiy taraqqiyotga ta’sirini bilish uchun eng avvalo uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmunini chuqurroq o‘rganish taqozo etiladi.
Bir qancha adabiyotlarni o‘rganib, tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, G‘arb mamlakatlari mualliflari tomonidan 400-500 yil davomida yozilgan va bizga etib kelgan adabiyotlarda asosan muvozanatlik muammosiga e’tibor berilib, mutanosiblik masalasi tamomila e’tibordan chetda qolgan.
Bir qator rossiyalik, ukrainalik olimlar tomonidan iqtisodiy mutanosiblikning mazmunini yoritishga harakat qilingan. Lekin ularning asarlarida iqtisodiy mutanosiblik faqat sotsializmga xos hodisa deb ko‘rsatilgan va o‘sha sharoitga moslab uning mazmuni, shakllari, amal qilishi yoritilgan. Ikkinchidan esa, ushbu asarlarda mutanosiblik kategoriyasiga tor doirada yondashilib, uning asosiy mazmuni ishchi kuchini ishlab chiqarish tarkibi nisbatlariga mos ravishda taqsimlashni yo‘lga qo‘yishdan iborat deb qaralgan.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida MDH mamlakatlarida amalga oshirilgan tadqiqotlar va yozilgan adabiyotlarning ko‘pchiligida g‘arb iqtisodchilariga ko‘r- ko‘rona taqlid qilib, muvozanatlikka ma’lum darajada e’tibor berilmoqda, uning mazmuni, amal qilish mexanizmlari qisman bo‘lsada yoritilmoqda, lekin ayrim adabiyotlarda mutanosiblik kategoriyasi bozor iqtisodiyoti tizimiga xos munosabat emas deb qaralib, unga e’tibor berilmasdan kelinmoqda.
Bozor iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishi juda murakkab bo‘lib, u har xil yo‘nalishda, sohada, tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan bir necha minglab xo‘jaliklar va tashkilotlardan iboratdir. Bu xo‘jalik va tashkilotlarning faoliyati har xil bo‘lsada, bir xil yagona maqsadga, ya’ni mamlakatimiz aholisiga sifatli tovar va xizmatlar yetkazib berib, yuqori foyda olishga qaratilgandir. Cheklangan iqtisodiy resurslardan foydalanib bu mushtarak maqsadga erishish yo‘lida harakat qiluvchi iqtisodiyotning turli tomonlari va bo‘laklari o‘rtasida miqdor va sifat
jihatidan ma’lum moslik bo‘lishi borgan sari obyektiv zaruriyatga aylanib bormoqda.
Mutanosiblikning mazmuni juda keng bo‘lib, uning tabiiy, umumfalsafiy va umumsotsial tomonlari mavjuddir. Masalan, biron bir narsaning yoki voqelikning turli tomonlari o‘rtasidagi moslik falsafada garmoniya, jismlarning eni, bo‘yi va balandligi o‘rtasidagi moslik matematikada simmitriya deb yuritiladi. Bu yerda biz iqtisodiy mutanosiblik haqida, ya’ni mutanosiblikning iqtisodiy mazmuni haqida fikr yuritamiz.
Iqtisodiyotni mutanosibli yuritishning asosiy negizi turli xil tovar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni, ya’ni talabni o‘rganishdan boshlanadi. Aholining qaysi turdagi tovar va xizmatlarga qanday sifatda va qancha miqdorda talabi borligi, bu turli talablarning o‘zaro nisbati aniqlansa, ushbu talablarni qondirish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish tarkibi, xajmi va ularni yaratish uchun qancha miqdorda ishchi kuchi va boshqa iqtisodiy resurslar kerakligi va bu resurslar o‘rtasidagi nisbatlar aniqlanadi. Shunday qilib, iqtisodiy mutanosiblik bir tomondan turli talab miqdorlari va sifatlari aniqlanib, ular o‘rtasidagi ma’lum nisbatlar bo‘lishini, bu nisbatlar orqali ular o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik mavjudligini, ikkinchi tomondan esa shu tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi sohalar, tarmoqlar o‘rtasida, shuningdek ularni yaratishda ishtirok etuvchi turli omillar o‘rtasida ham ma’lum nisbatlar bo‘lib, ular bir biri bilan aloqada va o‘zaro ta’sirda bo‘lishini ifodalaydi. Masalaning eng muhim tomoni mana shu talab turlari o‘rtasidagi nisbatlar bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning turlari va ularni yaratishda qatnashuvchi iqtisodiy resurslarning turlari o‘rtasidagi nisbatlar ma’lum darajada bir-biriga bog‘liqlikda va muvofiqlikda, ya’ni moslikda bo‘lishi zarurdir. Bu jarayon juda murakkab va o‘zgaruvchan jarayondir. Shunga ko‘ra, iqtisodiy mutanosiblikning alohida, mustaqil, doimo o‘zgarishda va rivojlanishda bo‘ladigan ilmiy kategoriya sifatidagi mazmuni va xususiyatlarini bilish muhimdir. Bugungi kunda ayrim iqtisodiy adabiyotlarda mutanosiblikning turli ko‘rinishlariga e’tibor berilib, ular umumiqtisodiy, tarmoqlararo, tarmoq ichidagi, hududiy mutanosibliklar kabi guruhlarga ajratiladi. Ushbu mutanosibliklarning
turlari, ularning qisqacha mazmuni va aniq namoyon bo‘lish shakllarini quyidagi jadval orqali ifodalash mumkin (19.1-jadval).

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin