O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə310/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Asosiy tayanch tushunchalar
Iqtisodiy inqiroz – asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning keskin tushib ketishi.
Iqtisodiy sikl – ishlab chiqarishning bir iqtisodiy inqirozdan ikkinchisi boshlangunga qadar takrorlanib turadigan to‘lqinsimon harakati.
Turg‘unlik (depressiya) – ishlab chiqarishning bir joyda depsinib turishini anglatuvchi hamda iqtisodiy faollik jonlanishi uchun shart-sharoitlarning vujudga kelishiga imkon yaratiluvchi iqtisodiy sikl fazasi.
Jonlanish – iqtisodiy siklning ishlab chiqarishning barqaror kengayib borishiga o‘tishini tavsiflovchi fazasi.
Yuksalish – iqtisodiy siklning iqtisodiyotda to‘liq bandlikka erishilishi, ishlab chiqarishning inqirozdan oldingi darajadan ham ortib ketishi va to‘lovga layoqatli talabning kengayib borishini tavsiflovchi fazasi.
Tarkibiy inqirozlar – iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va sohalari rivojlanishi o‘rtasidagi chuqur nomutanosibliklarni ifodalovchi iqtisodiy holat.
Agrar inqirozlar – qishloq xo‘jaligida ro‘y beradigan iqtisodiy inqirozlar bo‘lib, siklli tavsifga ega bo‘lmaydi va sanoat sikllariga qaraganda ancha uzoq davr davom etadi.


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Makroiqtisodiy barqarorlik nima? Unga erishishningqanday yo‘llari mavjud?

  2. Iqtisodiy sikl bo‘yicha qanday nazariyalar mavjud? Eksternal va internal nazariyalarning farqi nimada?

  3. Iqtisodiy siklning ta’rifini bering va uning har bir fazasining o‘ziga xos belgilarini ko‘rsating.

  4. Iqtisodiy sikllarning asosiy turlariga tavsif bering va muhim belgilarini ko‘rsating.

  5. Iqtisodiy siklning oqibatlarini baholang.

  6. Iqtisodiy inqirozlar mazmun-mohiyati nimada ifodalanadi?

  7. Iqtisodiy inqirozlarning kelib chiqish sabablarini tushuntiring?

  8. Inqirozlarning umumiy jihatlariga ko‘ra qanday guruhlarga ajratish mumkin?

  9. Tarkibiy inqirozlarni tushuntiring. Siklli tebranishlar vujudga kelishining sabablarini ko‘rsating.

  10. Agrar inqirozlarning xususiyatlarini bayon qiling.

  11. 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi vujudga kelishining asosiy sabablarini tushuntirib bering.

  12. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mazmuni va ko‘lamlari to‘g‘risida jahonning yetakchi ekspert va tahlil markazlari tomonidan qanday xulosalar chiqarildi?

  13. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining rivojlangan mamlakatlarga ta’sir yo‘nalishlari va darajasini tavsiflang.

  14. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri nimalarda namoyon bo‘ldi? Uning ta’sir oqibatlarini yumshatuvchi omillarni izohlab bering.


  1. Yüklə 11,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin