O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Iqtisodiy muvozanatlik amal qilishining



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə313/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Iqtisodiy muvozanatlik amal qilishining asosiy tamoyillari










Ma'lum darajada nisbiy ahamiyat kasb etishi







Turli darajalardan yondashish mumkinligi













Iqtisodiy jarayon, voqеa va hodisalarda bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va qarama-qarshi tomonlarining bir-biriga tеngligi







Iqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta'minlashga yo‘naltirilganligi













Muntazam ravishda o‘zgarib va qayta tiklanib turishi







Kеng qamrovligi, turli-tuman jihatlarni namoyon etishi
















Iqtisodiy subyеktlar manfaatlarining ta'minlanishi




19.3-rasm. Iqtisodiy muvozanatlik amal qilishining asosiy tamoyillari1
Iqtisodiy adabiyotlarda bildirilgan fikr-mulohazalarga asoslangan holda iqtisodiy muvozanatlik namoyon bo‘lishining quyidagi shakllarini keltirish mumkin (19.4-rasm).
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy muvozanatlik real hayotda shart- sharoitga qarab turli shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin ekan. Bundan tashqari, iqtisodiyotning ko‘plab qismlari va sohalari o‘rtasidagi muvozanatlik balanslar ko‘rinishida ham namoyon bo‘ladi. Ayni chog‘da, iqtisodiyotning turli darajalardagi muvozanatligini ta’minlashda balans usulidan keng foydalaniladi.
Balans usuli – muayyan maqsadlarga erishishda mavjud resurslar va ulardan foydalanish miqdorlari o‘rtasidagi tenglikni ta’minlash asosida muvozanatlikni o‘rnatishga qaratilgan usullar majmui. Bunda balanslar tizimidan foydalanilib, u o‘z ichiga moddiy (natural), qiymat (pul) va ishchi kuchi balanslarini oladi. Balans




1 Muallif tomonidan tuzilgan.
usulini qullash orqali umumiqtisodiy, hududiy, tarmoqlararo va ishlab chiqarish ichidagi muvozanatliklarning o‘rnatilishi va miqdoriy jihatdan ifodalanishi ta’minlanadi.





19.4-rasm. Iqtisodiy muvozanatlik namoyon bo‘lish shakllari
Tarmoqlararo balans – kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, ya’ni mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarini tavsiflovchi iqtisodiy- matematik model bo‘lib, uning yordamida tarmoq va tarmoqlararo kesimda asosiy takror ishlab chiqarish nisbatlarining batafsil detallashtirilishi ta’minlanadi.
To‘lov balansi – ma’lum davr davomida muayyan mamlakatdagi pul tushumlari bilan chet mamlakatlarga barcha pul to‘lovlari o‘rtasidagi tenglikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi. To‘lov balansida mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning turli ko‘rinishlari – tashqi savdo, kapital migratsiyasi, litsenziyalar savdosi, transport, turizm, xususiy shaxslar pul o‘tkazmalari va h.k. bo‘yicha hisob-kitoblar o‘z ifodasini topadi.
Ishchi kuchi resurslari balansi – mavjud ishchi kuchi resurslari va ulardan foydalanishning tengligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimi. Mazkur balans
iqtisodiyotning mutanosib rivojlanishini ta’minlashda ishchi kuchiga bo‘lgan talab hamda uni qondirish manbalarini o‘zaro taqqoslash imkonini beradi.
Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi – zaruriy mahsulotni pul ko‘rinishini olgan asosiy qismining xarakatini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi. Balansning mazkur turi to‘lovga qodir talab va tovarlar taklifi, chakana tovar aylanmasi, puli xizmatlar hajmi va aholi omonatlari o‘rtasidagi tenglikni ta’minlashning asosiy usullaridan biri hisoblanadi.
Ushbu chora-tadbirlar soliq va kredit imtiyozlari bilan bir qatorda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay biznes muhitini yaratish maqsadida institutsional islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ham o‘z ichiga oladi. Jumladan, O‘zbekistonda so‘nggi besh yil mobaynida investitsiyalarning yillik o‘sish sur’ati 9 foizdan ziyodni tashkil etmoqda.
Iqtisodiy muvozanatlikning mazmuni iqtisodiyotning turli sohalari, tarmoqlari va tomonlari o‘rtasidagi mutanosiblikni ko‘rib chiqqanimizda yanada oydinlashadi.




    1. Yüklə 11,04 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin