O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə325/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ishchi kuchining qiymati nafaqat ishchining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish, balki ishchi kuchini takror ishlab chiqarish hamda uning sifatini oshirish jarayonlarini, uning oilasini yetarli darajada ta’minlash uchun zarur bo‘lgan barcha hayotiy ne’matlarning qiymatini o‘z ichiga oladi. Ishchi kuchi qiymati o‘zgaruvchan ko‘rsatkich bo‘lib, u turli omillar ta’sirida oshib yoki
1 Mamaraximov B.E. Iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash jarayonida ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifni muvozanatlashtirishning asosiy yo‘nalishlari. I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissеrtatsiyasi avtorеfеrati. Toshkеnt - 2012. 11 bеt.
2 Mamaraximov B.E. Iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash jarayonining ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga ta'siri // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2020 yil. 169 b.
pasayib turishi mumkin. Ishchi kuchi qiymatini oshiruvchi omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: ish kunining uzaytirilishi, mehnat intensivligining oshishi; turli xil tabiiy va tarixiy sharoitlar, fan-texnikaning rivojlanishi, o‘qish va kasbiy bilimlar olishga sarflarning ko‘payishi va h.k. Ishchi kuchi qiymatini pasaytiruvchi asosiy omil bo‘lib ishlab chiqarish sohasidagi ijtimoiy mehnat unumdorligining o‘sishi hisoblanadi. U ishchi va uning oilasi ehtiyojlarini qondiruvchi hayotiy vositalar qiymatining pasayishiga olib keladi.
Ishchi kuchi tovarining nafliligi uning mehnat qilish jarayonida o‘z ishchi kuchi qiymatidan ortiqcha, ya’ni qo‘shimcha mahsulot qiymatini yaratib, kapital egasining foyda olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish layoqati orqali namoyon bo‘ladi.
Ishchi kuchi bozori tovar va kapitallar bozori bilan birgalikda bozor xo‘jaligining iqtisodiy tizimini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti mexanizmining tarkibiy qismi hisoblangan ishchi kuchi bozori talab va taklif qonuniga muvofiq iqtisodiyot tarmoq va sohalari bo‘yicha ishchi kuchi resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. Bunda ishchi kuchi bozori subyektlarining sifat jihatidan farq qiluvchi manfaatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish va bog‘lashni qiymat tamoyillari asosida shakllantiriladi. Shunga ko‘ra, ishchi kuchi bozori o‘zining maxsus tovari – ishchi kuchi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ishchi kuchining bu bozordagi harakati esa bir qator ijtimoiy- iqtisodiy xususiyatlarga ega bo‘ladi. Birinchidan, ishchi kuchi bozori ikki mustaqil subyekt – kapital egasi va ishchi kuchi egasi manfaatlarining to‘qnashib, o‘zaro kelishadigan munosabatlari hisoblanadi. Ularni bozorga o‘zaro qarama- qarshi istak va maqsadlar etaklaydi, ya’ni ularning biri ishchi kuchini sotib, daromad olishni istasa, boshqa biri uni xarid qilib, ishlatib foyda ko‘rishni istaydi. Ular o‘rtasidagi savdo bitimi ishchi kuchi egasining o‘zi bo‘yicha emas, balki uning mehnat qilish layoqati, undan foydalanish shartlari va davomiyligi bo‘yicha boradi. Bitim natijasi bo‘lib kapital egasi tomonidan sotib olingan ishchi kuchi evaziga to‘lanadigan ish haqi miqdori hisoblanadi. Ikkinchidan, boshqa har qanday tovar bozorlarida bo‘lgani singari, ishchi kuchi bozorida ham ishchilar
o‘rtasida bo‘sh ishchi o‘rnini egallash borasida raqobat kurashi vujudga keladi. Uchinchidan, ishchi kuchi bozori ishchi kuchi yalpi taklifining unga bo‘lgan yalpi talabdan doimiy ravishda ko‘proq bo‘lishi tendensiyasi bilan tavsiflanadi. Bu esa bozorda ishchilar band bo‘lmagan qismi (ishsizlar)ning paydo bo‘lishiga olib keladi. To‘rtinchidan, bozor iqtisodiyotining siklli rivojlanishi odatda inflyatsiya va ishsizlik bilan birga boradi. Bu ikkala jarayon o‘rtasida ma’lum o‘zaro bog‘liqlik mavjud bo‘lib, u pirovardida ishchilar ommasi hayot darajasining ahamiyatli darajada pasayib ketishi (narxlarning oshishi, ish haqining qisqarishi, to‘lovga qodir talabning pasayishi va h.k.) orqali namoyon bo‘ladi.
Muayyan iqtisodiy sharoitlarda ishchi kuchi bozoridagi umumiy holat inflyatsiyaning o‘sishi uchun asosiy sabab bo‘lishi ham yoki aksincha, uning o‘sishiga to‘sqinlik qilishi ham mumkin. Mamlakatdagi ishsizlik darajasi qanchalik past bo‘lsa, inflyatsiya ta’sirida narxlarning o‘sish sur’atlari shunchalik yuqori bo‘ladi. Ingliz iqtisodchisi A.Fillips ishsizlik va inflyatsiyaning o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatib berdi va bu bog‘liqlikni ifodalovchi egri chiziq Fillips egri chizig‘i deb nom oldi (20.1-rasm).


W, P,%

W – nominal ish haqining o‘sish sur’ati; P – inflyatsiya darajasi;


U – ishsizlik darajasi.

U,%


Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin