20.1-rasm. Fillips egri chizig‘i
Fillips egri chizig‘iga ko‘ra, inflyatsiya darajasini 1%ga pasaytirish uchun ishsizlikni 2%ga o‘stirish lozim bo‘ladi. Ishsizlik va inflyatsiya darajasidagi nisbatni tartibga solishda davlatning iqtisodiy siyosati asosiy rol o‘ynaydi. Davlat ish bilan bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi va ish haqi darajasi o‘rtasidagi oqilona nisbatni ta’minlash orqali nafaqat ishsizlik va inflyatsiya darajasini nazorat qilishi, balki ularning iqtisodiyot rivojlanishi va aholi turmush darajasiga salbiy
ta’sirining oldini olishi ham lozim. Shunday qilib, ishchi kuchi bozori bozor xo‘jaligi tizimida yetakchi o‘rin tutib, uni yuqori darajada tashkil etmasdan turib iqtisodiyotning samarali amal qilishiga erishib bo‘lmaydi.
Bozor iqtisodiyoti tizimida ishchi kuchi bozorining roli u bajaradigan ikkita vazifa orqali belgilanadi. Birinchi vazifasi bevosita mehnat jarayonida ishchining ishlab chiqarish vositalari bilan biriktirish mexanizmi hamda band bo‘lmagan ishchi kuchining harakatini samarali tartibga solish bilan bog‘liq. Ikkinchi vazifasi esa yalpi ishchi kuchining sifatini yanada takomillashtirgan holda takror ishlab chiqarish orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda ishchi kuchi bandligini oshirish va aholini ijtimoiy himoyalash borasida davlat tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida yildan-yilga ish bilan ta’minlanish darajasi o‘sib bormoqda (20.2-jadval).
20.2-jadval
O‘zbekistonda ish bilan ta’minlashning asosiy ko‘rsatkichlari1
Yillar
|
Ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tganlar, ming
kishi
|
Ish bilan ta’minlan- ganlar, ming kishi
|
Ish bilan ta’minlan- ganlarning solishtirma salmog‘i, %
|
Hisobot davri oxiriga rasmiy tarzda ro‘yxatga olingan ishsizlar soni, ming
kishi
|
2004
|
425,0
|
323,7
|
76,2
|
34,9
|
2005
|
410,3
|
325,1
|
79,2
|
27,7
|
2006
|
391,5
|
320,7
|
81,9
|
29,1
|
2007
|
557,4
|
486,5
|
87,3
|
27,4
|
2008
|
623,3
|
546,6
|
87,7
|
22,9
|
2009
|
658,2
|
566,3
|
86,0
|
20,1
|
2010
|
671,6
|
595,6
|
88,7
|
16,2
|
2011
|
661,4
|
595,7
|
90,1
|
12,9
|
2012
|
653,0
|
590,5
|
90,4
|
6,0
|
...
|
|
|
|
|
2015
|
324,0
|
241,4
|
74,5
|
3,0
|
2016
|
263,4
|
248,2
|
94,2
|
5,0
|
2017
|
271,9
|
229,9
|
84,6
|
14,9
|
2018
|
626,5
|
611,4
|
97,6
|
32,3
|
1 Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi hamda https://mehnat.uzG`opendataG`viewG`25 sayti ma'lumotlari
Jadvaldan ko‘rinadiki, agar ish bilan ta’minlanganlarning solishtirma salmog‘i 2004 yilda 76,2% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilga qadar ularni ish bilan ta’minlash salmog‘i oshib bordi. Ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlra tomonidan olib borilgan say xarakatlar va mehnat yarmarkalarining o‘tkazilishi natijasida ish bilan ta’minlanish kuchayib bordi. Shu sababli keyingi vaqtlarda bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat qiluvchilar va ularning bandlikni ta’minlash borasidagi ulushining pasayishi ko‘zda tutildi. Bu ko‘rsatkich 2018 yilga kelib 97,6% ga yetdi.
Dostları ilə paylaş: |