O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə332/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida hisoblanadi.

Ishsizlik
darajasi
Ishsizlar
soni
100%.

Ishchi kuchining umumiysoni
Ishsizlik darajasini baholash bilan birga uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ham hisobga olish zarur bo‘ladi. Chunki ishsizlikning o‘zi haddan tashqari yuqori darajasi bilan katta iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari uning ta’sirida ishlab chiqarilmay qolgan mahsulot hajmi orqali baholanadi. Iqtisodiyot barcha ishlashni xohlagan va ishlay oladiganlar uchun yetarli miqdorda ish joylarini yaratish holatiga ega bo‘lmasa mahsulot ishlab chiqarish potensial imkoniyatining bir qismi yo‘qotiladi. Iqtisodiy
1Manba: http://ru.euronews.com/2013/04/02/spanish-unemployment-edges-down/

adabiyotlarda bu yo‘qotish yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmining orqada qolishi sifatida aniqlanadi hamda u haqiqiy YaIMning potensial YaIMdan kam bo‘lgan hajmi sifatida ko‘rinadi. Ishsizlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, YaIM hajmining orqada qolishi shunchalik katta bo‘ladi.
Makroiqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqotchi A.Ouken ishsizlik darajasi va YaIM hajmining orqada qolishi o‘rtasidagi nisbatini matematik ifodalab beradi. Bu nisbat iqtisodchilar orasida Ouken qonuni sifatida tanilgan bo‘lib, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga ortiq bo‘lsa, YaIM hajmining orqada qolishi 2,5% ni tashkil qilishini ko‘rsatadi.
Ayrim hollarda milliy mahsulotning haqiqiy hajmi potensial hajmidan ortib ketishi ham mumkin. Bunday hol ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ham past bo‘lgan davrlarda ro‘y beradi. Ishlab chiqarishga ishchilarning qo‘shimcha smenalarini jalb qilish, kapital uskunalardan belgilangan me’yordan ortiqcha darajada foydalanish, ish vaqtidan keyin qo‘shimcha ishlash va o‘rindosh ishlarda band bo‘lish kabilar buning asosiy sabablaridir.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin