O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Turg‘un ishsizlik mehnatga layoqatli ishchilarning ish joyini yo‘qotgan



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə331/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Turg‘un ishsizlik mehnatga layoqatli ishchilarning ish joyini yo‘qotgan, ishsizlik bo‘yicha nafaqa olish huquqidan mahrum bo‘lgan va faol mehnat faoliyatiga hech qanday qiziqishi bo‘lmagan qismini qamrab oladi.
«To‘la bandlik» tushunchasi iqtisodiyotda ishsizlikning mutlaq mavjud bo‘lmasligini bildirmaydi. Iqtisodchilar friksion va tarkibiy ishsizlikning bo‘lishini tabiiy deb hisoblaydilar, shu sababli to‘la bandlik ishchi kuchining 100% dan kam qismini tashkil qiluvchi miqdor sifatida aniqlanadi. Aniqroq aytganda, to‘la bandlik sharoitida ishsizlik darajasi friksion va tarkibiy ishsizlar soniga teng bo‘ladi. Siklik ishsizlik nolga teng bo‘lganda to‘la bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasiga erishiladi. To‘la bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasi deb ataladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi bilan bog‘liq bo‘lgan milliy ishlab chiqarishning real hajmi, iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyatini ko‘rsatadi. To‘la bandlik yoki ishsizlikning tabiiy darajasi ishchi kuchi bozori muvozanatiga erishganda, ya’ni ish izlovchilar soni bo‘sh ishchi o‘rinlari soniga
teng kelganda vujudga keladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi qandaydir darajada iqtisodiy jihatdan maqbul hisoblanadi. Chunki «friksion» ishsizlarga mos keluvchi ish o‘rinlarini topish, «tarkibiy ishsizlarga» ham yangi kasbni o‘zlashtirish yoki yangi yashash joyida ish topish uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. «Ishsizlikning tabiiy darajasi» tushunchasi ma’lum bir aniqliklar kiritishni talab qiladi. Birinchidan, bu tushuncha iqtisodiyot har doim ishsizlikni tabiiy darajasida amal qilishi va shu orqali o‘zining ishlab chiqarish imkoniyatini ro‘yobga chiqarishini bildirmaydi. Chunki, ko‘pincha ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ortiq, ayrim hollarda, masalan, ish vaqtidan ortiqcha ishlash va o‘rindoshlik ishlarida band bo‘lish natijasida tabiiy darajadan past ham bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, ishsizlikning tabiiy darajasi o‘z-o‘zicha doimiy miqdor hisoblanishi shart emas, u tarkibiy o‘zgarishlar (qonunlar va jamiyat urf-odatlaridagi o‘zgarishlar) oqibatida o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, AQShda ishsizlikning tabiiy darajasi dastlab XX asrning 60-yillari o‘rtalarida 4,5% deb belgilangan bo‘lsa, 70-yillarning boshiga kelib 5,5%, 80-yillarning boshida esa 6% gacha o‘sdi. Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozidan keyingi davrda Ispaniyada 2012 yil ohiriga kelib ishsizlik darajasi 24,44% gacha o‘sdi, ishsizlarning umumiy soni 5,6 mln. kishiga yetib bordi1.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin