O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə393/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Jahon xo‘jaligi subyektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • o‘z ichiga milliy iqtisodiyot majmuasini oluvchi turli mamlakatlar;

  • transmilliy korporatsiyalar;

  • xalqaro tashkilot va institutlar;

  • milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, barcha sohalar, xo‘jaliklar va firmalar.

Jahon bozorining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro raqobatning mavjudligi turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalminal qiymatga keltiradi. Jahon narxi jahon bozoriga ne’matlarning asosiy hajmini yetkazib beruvchi mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi. Mamlakatlar o‘rtasida sotish bozorlarini egallash uchun keskin raqobat kurashi olib boriladi.
Jahon xo‘jaligida har bir o‘zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati va alohida mamlakatning eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy


1 Борисов Е.Ф. Экономическая теория: учеб. – 4-е изд., перераб. и доп. – М. : Высшее образование, 2008, с.497-499.
2 Экономика: Учебник, 3-е изд., перераб. и доп. / Под ред. д-ра экон. наук, проф. А.С.Булатова. – М.: Экономистъ, 2005, с.691.
siljishlar va xalqaro monopoliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatini o‘ziga tortadi. Mamlakatning savdo, ishlab chiqarish, valyuta-moliya sohalaridagi jahon tamoyillariga bog‘liqlik obyektiv reallik hisoblanadi. Hozirgi davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodiyoti qanday rivojlangan bo‘lishidan qat’iy nazar, jahon xo‘jaligi aloqalariga jalb qilmasdan to‘laqonli iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash mumkin emas. Shu sababli Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev
«jahon ishlab chiqarish tizimiga, dunyo bozori talablariga va iqtisodiy integratsiya jarayonlariga hamohang bo‘lishimiz lozim»1, deb ta’kidlaydi.
Shuni amalga oshirish maqsadida “davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish”1 strategik vazifa sifatida qo‘yildi.
Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi turli xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruhlarga bo‘lingan. Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash har xil mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Turli mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarining turli- tumanligi ular taraqqiyot darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan baholash imkonini bermaydi. Shunga ko‘ra, mazkur maqsadda bir necha asosiy ko‘rsatkich va mezonlardan foydalaniladi:

  • mutlaq va nisbiy YaIM;

  • milliy daromad va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi miqdori;

  • milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi;

  • mamlakat eksporti va importi tarkibiy tuzilmasi;

  • aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar.

Mamlakatning jahon xo‘jaligidagi o‘rnini aniqlashda bir necha yondashuvlar mavjud. Ulardan eng oddiylari – mamlakatlarni aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi
1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (24.01.2020) Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 yanvar.
1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni, 1-ilova.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin