O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə395/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bu mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olish jarayoni hisoblanadi.
Barcha iqtisodiy jarayonlarning baynalminallashuvi natijasida jahon xo‘jaligining quyidagi tarkibi vujudga keldi:

  1. tovar va xizmatlar jahon bozori;

  2. kapitallar jahon bozori;

  3. ishchi kuchi jahon bozori;

  4. xalqaro valyuta tizimi;

  5. xalqaro kredit-moliya tizimi.

Bundan tashqari, baynalminallashuv axborotlar, ilmiy-tadqiqot va tajriba- konstruktorlik ishlanmalari, madaniyat sohalarida ham rivojlanmoqda. Yagona ilmiy-axborot makoni shakllanmoqda.
Xalqaro savdo milliy davlatlarning paydo bo‘lishi bilan ular orasidagi iqtisodiy va siyosiy aloqalarning ifodasi sifatida qadimdan amal qilib kelgan bo‘lsada, bu hali jahon bozori mavjudligini anglatmas edi. Jahon bozori faqat yirik mashinalashgan sanoatning paydo bo‘lishi bilan dastlab bir qator mamlakatlar o‘rtasida vujudga kelib, XX asrning boshlarida jahonning barcha mamlakatlarini qamrab oldi.
Alohida mamlakatlar milliy bozori hamda jahon bozori farqlanadi. Jahon bozori bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Agar milliy bozorda tovarlar harakati iqtisodiy omillar (ishlab chiqarish aloqalari, transport, xomashyo, mehnat resurslari va h.k.) bilan bog‘liq bo‘lsa, tovarlarning jahon bozoriga bu omillardan tashqari alohida davlatlarning tashqi iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko‘rsatadi.
Milliy xo‘jaliklar va ular o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar negizida shakllangan jahon xo‘jaligi asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi.
Xalqaro mehnat taqsimoti alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashuvini ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada eksportga yo‘naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlarning shakllanishiga olib keladi.
Dastlabki vaqtlarda xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi. Binobarin, faqat sanoat to‘ntarishidan keyin, ya’ni ishlab chiqaruvchi kuchlar baynalminal xususiyat kasb etib, milliy xo‘jaliklar doirasidan tashqariga o‘sib chiqa boshlagach, ularning negizida barqaror mehnat taqsimoti va jahon bozori tarkib topadi. Hozirgi vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlarni o‘z ichiga oluvchi umumjahon xo‘jaligi doirasida rivojlanmoqda.
Xalqaro mehnat taqsimoti va ayirboshlashda qatnashayotgan mamlakatlar bir xil sharoitda emas. Bu hol ularning turli geografik ahvoli, tabiiy resurslarining tarkibi va miqdori, rivojlanish ko‘lami, darajasi va iqtisodiyotining tuzilishi, ichki bozorning hajmi bilan belgilanadi.
Ana shu farqlar sababli ayrim mamlakatlarda bir xil tovarlarni ishlab chiqarishdagi xarajatlar darajasi ham turlicha bo‘ladi. Shuning uchun har bir mamlakat o‘zi nisbatan qulayroq, kamroq xarajat bilan ishlab chiqaradigan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotishga harakat qiladi. Aksincha, ishlab chiqarish nisbatan ko‘proq xarajat talab qiladigan yoki tabiiy va boshqa sharoitlarga ko‘ra umuman ishlab chiqarib bo‘lmaydigan tovarlarni jahon bozoridan sotib olishga intiladi.
Tovarlar mamlakatlar o‘rtasida jahon narxlari asosida ayirboshlanadi. Ular baynalminal qiymatga asoslanadi. Buning ma’nosi shuki, ijtimoiy zaruriy baynalminal mehnat sarflari jahon bozorida e’tirof qilinadi. Umuman olganda, jahon narxlarining tashkil topishi odatda sof holda amalga oshmaydi. Baynalminal qiymatning hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi maxsus omillar jahon narxlariga ta’sir qiladi. Tashqi savdo va valyuta cheklovlari, valyutalar qiymatining o‘zgarib turishi, xalqaro monopoliyalar siyosati, birjadagi chayqovchiliklar va hokazolar
shular jumlasidandir. Shu sababli ayrim mamlakatlarning jahon bozoridagi raqobatlashuv qobiliyatidagi farqlar, pirovard natijada mehnat unumdorligining milliy darajadagi farqlarini aks ettiradi.
Rivojlangan mamlakatlarda keyingi o‘n yilliklarda yangi texnologik asoslarga o‘tish jahon xo‘jalik aloqalarining tez o‘sishi bilan birga bordi. Takror ishlab chiqarish jarayonlarining baynalminallashuvi o‘zining har ikkala shaklida: integratsion (milliy xo‘jaliklarning yaqinlashuvi, o‘zaro moslashuvi orqali) va transmilliy (xalqaro ishlab chiqarish majmuasining tuzilishi orqali) shakllarida kuchayadi. Jumladan, butun dunyoda mintaqaviy davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning qaror topish tamoyili kuzatiladi. Xususan, rivojlangan Yevropa integratsion hamjamiyati (YeI) doirasida tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchining erkin harakati amalga oshiriladi. Shimoliy Amerika umumiy iqtisodiy hamkorligi AQSh, Kanada va Meksika iqtisodiyotining integratsiyasini ko‘zda tutadi. Davlatlararo integratsiyaning kuchayishi janubiy-sharqiy Osiyo, O‘rta Osiyo, arab dunyosi, Afrika va Markaziy Amerika mamlakatlari uchun ham xususiyatli bo‘lmoqda.




    1. Yüklə 11,04 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin