O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə392/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Birinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuvidan oldingi davrda vujudga kelib, dastlab o‘sha davrdagi kishilar jamoalari yoki qabilalari o‘rtasida paydo bo‘lgan savdo ayirboshlashuvi keyinchalik tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan turli mamlakatlar o‘rtasidagi doimiy tovar almashuvi – xalqaro savdoning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib keldi.
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuv davriga to‘g‘ri kelib, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va tadbirkorlarning ko‘proq foyda olishga intilishi tashqi savdoni deyarli barcha milliy xo‘jaliklarning tarkibiy qismiga aylantirib qo‘yishi natijasida XVIII-XIX asrlarda rivojlangan jahon bozori paydo bo‘ldi.
Uchinchi bosqich XIX-XX asrlarga to‘g‘ri kelib, bu davrda jahon xo‘jaligi tizimi shakllandi.
To‘rtinchi bosqich XX asrning 60-yillaridan boshlab, ya’ni ko‘plab mustamlaka mamlakatlarning siyosiy qaramlikdan ozod bo‘lishi natijasida zamonaviy jahon iqtisodiyotida ijobiy o‘zgarishlarning yangi tendensiyalari paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Bu tendensiyalar quyidagilardan iborat:

  • iqtisodiy manfaatdorlik asosidagi xalqaro hamkorlik;

  • ishlab chiqarishning baynalminallashuvi;

  • jahon miqyosidagi bozor makonlarining kengayishi;

  • jahon xo‘jaligi aloqalari majmuining rivojlanishi1.

Ba’zi manbalarda «Jahon xo‘jaligi», tushunchasining keng va tor ma’nolari farqlanadi2. Keng ma’nosiga ko‘ra, jahon xo‘jaligi – bu jahondagi barcha milliy iqtisodiyotlarning yig‘indisidir. Tor ma’nosiga ko‘ra – bu milliy iqtisodiyotlarning faqat tashqi dunyo bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan qismlari majmuidir. Biroq, bu ikkala ma’no o‘rtasidagi tafovut borgan sari sezilmay qolmoqda, chunki barcha mamlakatlarda tashqi dunyo bilan bevosita yoki bilvosita aloqaga kirishmagan tarmoq yoki sohalar tobora kamayib bormoqda.
Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, jahon xo‘jaligi – bu xalqaro mehnat taqsimoti asosida savdo, ishlab chiqarish, moliyaviy, ilmiy- texnikaviy va boshqa shakldagi iqtisodiy hamkorlik va aloqalari kuchaygan, o‘zaro manfaatdorlik maqsadida birlashgan turli mamlakatlar xo‘jaliklarining umumiy tizimidir.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin