O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


iqtisodiy va valyuta ittifoqi



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə409/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

iqtisodiy va valyuta ittifoqi. Bu davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli hisoblanadi. Bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari umumiy iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o‘tkazish bilan birga uyg‘unlashadi.

Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini obyektiv tavsifdagi bir qator omillar taqozo qiladiki, ularning ichidan quyidagilar asosiy o‘rinni egallaydi:

  • xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvi va globallashuvi;

  • xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;

  • umumjahon fan-texnika revolyusiyasi;

  • milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi.

Integratsiya jarayonlarini rag‘batlantiruvchi asosiy omillardan biri – milliy iqtisodiyot ochiqlik darajasining oshishidir. Ochiq iqtisodiyotning o‘ziga xos belgisi bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • mamlakat iqtisodiyotining jahon xo‘jalik munosabatlari tizimiga chuqur kirishganligi;

  • tovarlar, kapital, ishchi kuchining mamlakatlararo harakati yo‘lidagi to‘siqlarning kamaytirilishi yoki to‘liq bartaraf etilishi;

  • milliy valyuta konvertatsiyasining ta’minlanganligi.

Shunday qilib, integratsiya milliy darajadagi iqtisodiy o‘sish jarayonlarining o‘zaro birikishi orqali tavsiflanib, buning natijasida yagona xo‘jalik organizmi shakllanadi. Real hayotda bir vaqtning o‘zida integratsiyalashuv va integratsiyalashuvdan qaytish kabi ikki tendensiya amal qiladi. Bundan tashqari, ba’zi bir sabablarga ko‘ra turli mamlakatlardagi integratsiyaning turli elementlari bir xilda rivojlanmaydi. Shunga ko‘ra, integratsiyaning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • qat’iy (bir tomonlama nafli) integratsiya. Bu turdagi integratsiya tashqi tavsif holatlari bilan shartlangan bo‘lib, mazkur jarayonlardan ba’zi mamlakatlar naf ko‘ruvchi hisoblansa, boshqa birlari donor hisoblanadi;


  • Yüklə 11,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin