Absorbsiya-yalpiichkimahsulotningmazkurmamlakatdagiuyxo‘jaliklari,korxonalarvadavlatgarealizatsiyaqilinadiganqismi. Importga to‘lovlar eksportdan olingan daromaddan ortiqcha bo‘lsa, bu mamlakatning joriy operatsiyalar bo‘yicha balansi taqchilligini bildiradi. Bu taqchillik chet el qarzlari yordamida, yoki aktivlarning bir qismini chet elliklarga sotish yo‘li bilan moliyalashtiriladi va bu kapital harakati hisobida aks etadi.
Eksportdan olinadigan daromad importga sarflardan ortiq bo‘lsa joriy operatsiyalar hisobi ijobiy qoldiqqa ega bo‘ladi.
Kapital harakati hisobida aktivlar bilan amalga oshiriladigan barcha xalqaro bitimlar o‘z ifodasini topadi. Bular chet elliklarga aksiyalar, obligatsiyalar, ko‘chmas mulk va h.k. sotishdan olinadigan daromadlar hamda chet eldan aktivlar sotib olish natijasida vujudga keladigan sarf xarajatlar.