3.3-rasm.Davlatmulkinixususiylashtirishningusullari O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning dastlabki pallasidayoq mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda e’tirof etildi va davlat mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo‘yildi. Avvalo mulkchilikning
turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy me’yorlar va amal qilish mexanizmlari yaratildi.
O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati – uni maxsus dasturlar asosida bosqichma- bosqich amalga oshirishdan iborat.
Respublikada xususiylashtirishning manzilliyo‘naltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning manzilli yo‘naltirilganligi uy-joylarning o‘z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, aholining ko‘proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning turli xil dasturlari budjet mablag‘lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o‘z yordamchi xo‘jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi.
O‘zbekistonda xususiylashtirishning to‘lovliligi uning navbatdagi muhim xususiyatidir. Pulni to‘lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va obyektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog‘liq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari paydo bo‘ladi, bozor infratuzilmasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini ro‘yobga chiqarish uchun mablag‘lar jamlanadi. Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo‘li orqali ularni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan mablag‘lar shu korxonaning o‘zini qo‘llab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi.
O‘zbekistonda mulkni davlat tassarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning birinchibosqichini(1992-1993 yillar) o‘z ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi (3.4-rasm).
I bosqich (1992-1993
yillar)
Umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimi korxonalarini xususiylashtirish
V bosqich (2003 yildan boshlab)
Xususiylashtirish jarayonlari samaradorligini oshirish va jadallashtirish, iqtisodiyotda xususiy sеktorning ishtirokini faollashtirish va salmog‘ini oshirish