Oldin
|
Hozir
|
Xususiylashtirish dasturlari yilda bir marta qabul qilingan.
|
Xususiylashtirish dasturlarini tasdiqlash cheklanmagan, hatto har bir hudud (viloyat, tuman) yoki iqtisodiyotning alohida tarmog‘i kesimida ham
xususiylashtirish dasturlari qabul qilinmoqda.
|
Xususiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar faqat markazlashgan holda qabul qilingan.
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, xalq
deputatlari kengashlariga vakolatlar berildi.
|
Davlat mulki obyektlari auksion
savdolarda faqat baholangan qiymatlarda sotilgan.
|
Davlat mulki obyektlari baholanmasdan 1 so‘m
boshlang‘ich qiymatda auksion savdolarga qo‘yilmoqda.
|
Savdolarni tashkil etish va uni o‘tkazishda shaxslar aralashuvi yuqori darajada bo‘lgan.
|
Davlat mulki obyektlarini (bundan aksiyalar istisno) sotish bo‘yicha savdolarning barchasi “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladi, tizim to‘liq avtomatlashtirilgan va shaxs aralashuvi bartaraf etilgan.
|
Keng jamoatchilikni xabardor qilishda internet vositalari (online tizim)dan deyarli foydalanilmagan.
|
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining rasmiy veb sayti (davaktiv.uz), telegram-bot kanali (https://t.me/DAVAKTIVUZ), facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon va ma’lumotlar berib borilmoqda.
|
O‘ta byurokratlashtirilgan, murakkab, shaffofligi past va uzoq vaqt talab etadigan
tizim paydo qilingan.
|
Qarorlar tez va shaffof qabul qilinadigan, markazlashmagan, shaxslar aralashuvidan xoli tizim
yaratildi.
|