O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə186/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Korxona miqyosida kapitaldan olinadigan samara darajasi asosiy kapitalning bir so‘mi evaziga korxona ishlab chiqaradigan mahsulot miqdori

  1. bilan, kapital sig‘imi esa korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotning (M) bir so‘m hisobiga qancha asosiy kapital qiymati to‘g‘ri kelishi bilan tavsiflanadi:

К М
К Каs



К
samara ;
аs
sig'.kor. М .

Korxonadagi mehnat vositalarining ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi natural ko‘rsatkichlar yordami bilan aniqlanadi. Masalan, bir to‘quv dastgohida metr hisobida bir kunda to‘qilgan mato, bir avtomobilda bir kunda tonna hisobida tashilgan yuk va hokazo.
Asosiy kapital (fondlar) harakati aylanma kapital va muomala mablag‘lari harakati bilan uzviy bog‘liq. Shu sababli aylanma kapital va aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini aniqlash va uni oshirish omillarini ko‘rsatib berish muhim ahamiyatga ega.
Aylanma kapitaldan samarali foydalanishning umumlashuvchi ko‘rsatkichi hisoblangan iqtisodiyot miqyosida mahsulotning material sig‘imi (Msig‘) mahsulot yaratishda iste’mol qilingan aylanma kapital qiymatining yalpi ichki mahsulot (YaIM) yoki milliy daromadga (Md) nisbati orqali aniqlanadi:

Мsig'
АК МD .

Korxona miqyosidagi material sig‘imi (Msig‘.kor.) unda iste’mol qilingan aylanma kapital qiymatining ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbati orqali aniqlanadi:


АК
Мsig'.kor. М .
Sarflangan aylanma kapital birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori material sig‘imi ko‘rsatkichiga teskari miqdordir.
Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi u bilan aylanma kapital o‘rtasidagi nisbatga bog‘liqdir. Bevosita ishlab chiqarish jarayonida band bo‘lgan aylanma kapitalning salmog‘i qanchalik ko‘p bo‘lsa, aylanma mablag‘lardan

shunchalik samarali foydalaniladi. Amaliyotda aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi ularning aylanish koeffitsienti bilan o‘lchanadi. Bu koeffitsient bir yil ichida sotilgan mahsulot qiymatining aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik summasiga nisbati sifatida aniqlanadi.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin