Amortizatsiya asosiy kapital eskirib borishiga qarab, uning qiymatiniasta-sekinishlabchiqarilganmahsulotgao‘tkazish,asosiykapitalnikeyinchalikqaytatiklashmaqsadlaridamahsulotningamortizatsiyamiqdoriga teng qisminiajratibborish jarayonidaniborat.
Amortizatsiya ajratmalari belgilangan amortizatsiya normalari (me’yorlari) asosida ajratilib boriladi.
Asosiy kapitalning eskirishi bilan amortizatsiya o‘rtasida mustahkam aloqa bor. Biroq bular bir xil tushunchalar emas. Eskirish mehnat vositalaridan foydalanish vaqtida ularning texnik-ishlab chiqarish xossalarini asta-sekin yo‘qotish jarayonini aks ettiradi. Amortizatsiya ancha murakkab jarayon bo‘lib, iste’mol qilingan mehnat vositalari qiymatini ularning eskirishiga muvofiq ravishda mahsulotga o‘tkazish, iste’mol qilingan mehnat vositalarining o‘rnini
qoplash maqsadida pul fondini jamg‘arish jarayonini aks ettiradi. Shunday qilib, eskirish amortizatsiyaning dastlabki shart-sharoitidir.
Amortizatsiya normasi amortizatsiya ajratmalari yillik summasining shuasosiykapitalqiymatiganisbatisifatidaaniqlanadivafoizdaifodalanadi. Amortizatsiya ajratmalarining umumiy normasi asosiy kapitalni takror ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq ravishda ikki qismdan iborat bo‘ladi: bir qismi asosiy kapitalni to‘la qoplashga (qayta tiklashga), ikkinchisi ularni qisman qoplashga (kapital ta’mirlashga) mo‘ljallanadi.
Amaliyotdaumumiyyillik amortizatsiyanormalarini(An)belgilashdaasosiykapitalqiymati(Kas)asosiykapitalningharakatqilishimuddatidavomida kapital ta’mirlash uchun sarflar (Tk), eskirgan mehnat vositalarinitugatishdan olingan mablag‘ (Mt) va shu vositaning xizmat davri (Xd) hisobgaolinadi:
n АКаs Тk
Мt
100%
Каs
Хd .
Amortizatsiya normalari mehnat vositalari jismoniy va ma’naviy eskirishining haqiqiy miqdorini aks ettirishi kerak. Oshirilgan normalar mahsulot tannarxini sun’iy ravishda o‘stirib yuboradi, pasaytirilgan normalar esa asosiy kapitalning tiklanish davrini kechiktiradi va shu tariqa taraqqiyotga to‘siq bo‘ladi.
Hozirgi sharoitda amortizatsiya ajratmalari barcha mamlakatlarda kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadi. Shunga ko‘ra, ayrim davlatlarda firmalarga jadallashtirilgan amortizatsiya usulini qo‘llashga ruxsat beradi. Jadallashtirilgan amortizatsiya ajratmalarining yuqori normalarini belgilash orqali asosiy fondlar qiymatini nisbatan qisqaroq vaqt ichida qoplab olish imkonini beradi. Odatda jadallashtirilgan amortizatsiyani qo‘llash asosiy fondlarning aktiv qismi uchun ruxsat etiladi. Biroq, bu holat nafaqat asosiy kapitalning tezroq yangilanishini, balki ishlab chiqarish xarajatlarini amortizatsiya ajratmalariga to‘g‘ri keluvchi qismining va binobarin mahsulot tannarxining oshib
ketishiga ham olib keladi. Bunday holatda mahsulot qiymati va bahosi oshadi, jadal amortizatsiya yuki iste’molchilar zimmasiga tushadi.
Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligining oshishi, eng avvalo, qo‘shimcha kapital mablag‘ sarfalanmasdan turib mahsulot hajmini ko‘paytirishda o‘z ifodasini topadi. Bir tomondan, milliy mahsulot yoki milliy daromadning o‘sish sur’atlari bilan, ikkinchi tomondan, asosiy kapitalning o‘sish suratlari o‘rtasidagi nisbat milliy iqtisodiyot miqyosida asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligining umumlashuvchi ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligi ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi bilan asosiy kapital qiymati o‘rtasidagi aloqani aks ettirib, u o‘zaro bog‘liq ikki ko‘rsatkich – kapitaldan olinadigan samara (Ks) va mahsulotning kapital sig‘imi (Ksig) ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi. Milliyiqtisodiyotmiqyosidaasosiykapitaldan olinadigan samara darajasi ishlab turgan asosiy kapitalning harbirso‘migato‘g‘rikeladigan yalpiichkimahsulot yokimilliydaromadni,kapital sig‘imi darajasi esa ishlab chiqarilgan milliy daromad yoki yalpi ichkimahsulotning bir so‘mi hisobiga asosiy kapital qiymatining to‘g‘ri kelishinitavsiflaydi: