O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


jinoyatga aloqador iqtisodiyot



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə241/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

jinoyatga aloqador iqtisodiyot – rasmiy iqtisodiyot tarkibiga iqtisodiy jinoyatning kiritilishi (boyliklarning talon-taroj qilinishi; nazoratning har qanday shaklidan yashiringan holdagi xufyona iqtisodiy faoliyat – narkobiznes, qimor o‘yinlari, fohishabozlik; daromadlarni noiqtisodiy qayta taqsimlash shakli sifatidagi fuqarolarning shaxsiy mulkiga qarshi umumjinoiy harakatlar – bosqinchilik, shaxsiy mulkni zo‘rlik bilan tortib olish, o‘g‘irlash, reket);

  • soxta iqtisodiyot – hisobga olish va hisobotlarning amaldagi tizimiga soxta natijalarni haqiqiy natija sifatida kirituvchi rasmiy iqtisodiyot (qo‘shib yozishlar);

  • norasmiy iqtisodiyot – tovar va xizmatlarning ayriboshlash va taqsimlash bo‘yicha iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi norasmiy o‘zaro aloqalar tizimi bo‘lib, u mazkur subyektlar o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlar va bevosita aloqalarga asoslanadi;

  • yashirin ikkalamchi iqtisodiyot – yakka tartibdagi va kooperativ faoliyatning nazoratdan yashiringan, ya’ni qonun tomonidan taqiqlangan yoki belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan turi.




      1. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari

    Yalpi ichki mahsulot (YaIM)ni hisoblashda milliy hisoblar tizimidan foydalaniladi. Milliy hisoblar tizimi (MHT) bu barcha asosiy iqtisodiy jarayonlarni, takror ishlab chiqarish sharoitlari, jarayonlari va natijalarini tavsiflovchi o‘zaro bog‘liq makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, tasniflar va guruhlar tizimi.
    MHT BMT tomonidan e’lon qilingan «Milliy hisoblar va yordamchi jadvallar tizimi» nomli hujjat asosida xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953 yildan boshlab qo‘llanila boshladi. Shu davrdan (1953 yildan) buyon to bugungi kungacha MHT to‘rt marta o‘zgartirilib, takomillashtirildi. Lekin u hali ham takomillashtirishga muhtoj. Hozirgi davrda dunyoning 100 dan ortiq
    mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistonda mazkur tizimning takomillashtirilgan shakli qo‘llanilmoqda.
    O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, ya’ni 1993 yildan boshlab MHTdan foydalana boshladi. Q.Mambetjanovning fikricha, hozirgi kungacha milliy hisoblar tizimining rivojlanishini yettita bosqichga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiq.

    Yüklə 11,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   450




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin